Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
29 
boshqalariga berilmagan fazllar berilgan bo‘lishi mumkin. Ba’zilariga boshqalariga 
berilmagan mo’jizalar berilgan bo‘lishi mumkin. Birlari podshoh bo‘lsa, yana birlari faqir 
bo‘lishi mumkin. Lekin Allohning nazdida hammalari tengdirlar. Hammalarining vazifalari 
bir, ya’ni Allohga itoat etgan holda ummatni hidoyatga boshlashdir. Keyingilari avvalgilarini 
ta’kidlab, quvvatlab kelganlar. Avvalgilari esa o‘zlaridan keyin keladigan payg‘ambarning 
bashoratini berib ketganlar. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning muborak so‘zlari bor: 
“Payg‘ambarlarning hammalari ota bir ona boshqa birodarlardir. Barchalarining 
keltirgan dinlari bir dindir”[4, 459]. Ba’zi hukmlar zamon, makon va sharoitlar taqozosi bilan 
bir-biridan farq qilsa ham, e’tiqod masalasi bir xildir.
Kishilarning dinga bo‘lgan qiziqishining kuchayishi ularni ushbu sohani o‘rganishga 
chorlaydi. Professor Mahmud Asad Jo‘shon “Islom, sevgi va tasavvuf” kitobida dinlarning 
ikki xil bo‘lishini tushuntiradi. Birinchisi – ilohiy dinlar. Bular ulug‘ Alloh tomonidan 
endirilgan bo‘lib, mohiyatan islomdir. Alloh o‘z amrlarini ilohiy sahifalar yoki kitoblar 
vositasida bandalariga yetkazgan. Ikkinchisi – insoniy (bashariy) dinlar. Bular – insonlarning 
o‘zlari o‘ylab topgan aqidalar bo‘lib, ularda ilohiylik, islomiylik xususiyati yo‘q.
Bunday insoniy dinlarda Allohga ibodat o‘rnini but va sanamlarga sig‘inish egallagan[6, 
15].
Kishilarining diniy dunyoqarashi va dinga sig‘inishi ham turlicha bo‘lib kelgan. Negaki, 
ularning tafakkur darajasi shu holni ma’qul topgan. Quyida biz bir qancha toifalarni va ular 
sig‘ingan dinlarni o‘rganish orqali ularning diniy tafakkur darajasini tadqiq qilamiz.
1. Azhob Ur-Ruhoniya - Bu toifaga kiruvchilar farishtalarga sig‘inadilar. Ular asosan 
hindlardir. Bu toifaning da’vochisi, Allohning huzuridan farishtalar inson qiyofasida ularga 
hukmlar keltiradilar, ular shariat va hududlarni o‘rgatadilar. Shuning uchun ular farishtalarga 
sajda qiladilar. 
Ularning bir guruhi gumon qilishlaricha, ularning payg‘ambari ruhoniy farishta bo‘lib, 
ismi Shit deyiladi, har kelganda boshiga uchburchakli munavvar qizil qalpoq kiyib keladi
unga sajda qilishadi. Yana ularning boshqa bir guruhlari ham mavjudki ularni: Yohudiya 
(Yohud nomli farishta nomidan), Mahokolikiya (Mohokolik nomli farishta nomidan) deb 
atashadi. 
2. Sobiiylar – Quyoshga sig‘inuvchi – oftobparastlar. Ular har kuni besh marta 
quyoshga sig‘inadilar.
Sobiiylar da’vo qilishlaricha, Quyosh Allohning farishtalaridan biri bo‘lib, uning ham 
nafsi, aqli, qulog‘i, ko‘zi, idroki va ma’rifati bor. Oyning nuri ham, butun olamning ziyosi 
ham, barcha mavjudotning hayoti ham quyoshdandir. U falakning podshosi, shuning uchun 
ham, ta’zimga, sig‘inishga va undan najot so‘rashga loyiqdir. Quyoshga sig‘inuvchi 
toifalarning kelib chiqishi juda qadimiy bo‘lib, ular faqat Hindistonda emas, balki Yamanning 
sharqiy qismida istiqomat qiluvchi arab qabilalari orasida ham mavjud. Bu qabila Qur’oni 
Karimda qissasi keltirilgan Bilqisning mamalakati Saboda yashaydi. Ular haqidagi Alloh 
taolo Qur’oni Karimda xabar bergan:
“Hudhud kelib Sulaymon (a.s)ga dedi: Men sen ogoh bo‘lmagan narsalardan ogoh 
bo‘ldim va senga Saba shahridan ishonchli xabar keltirdim. 
Men bir ayolni ko‘rdim. U ularning malikasi ekan. Unga barcha narsadan ato etilgan 
bo‘lib, ulkan taxti ham bordir. Men uning va qavmining Allohni qo‘yib, quyoshga sajda 
qilayotganlarini ko‘rdim”[8, 354]. 
3. Oyga sig‘inuvchilar – bu toifaning so‘zlariga qaraganda, oy Alloh taoloning 
farishtalaridan eng ulug‘i bo‘lib, ta’zimga va unga sig‘inishga loyiqdir. Chunki, Alloh taolo 
butun olam tadbirini, olamdagi barcha juziyotning o‘zgarishi, kamayishi, ko‘payishi 
sabablarini unga topshirib qo‘ygan. Zamon, kecha – kunduz va soatlar uning harakatidan 
bilinadi. 
Bu toifaning ibodat yo‘li shundayki, ular to‘rt oyoqli buzoq shaklida sanam yasaganlar, 
uning qo‘li ham bo‘lib, bu qo‘li bilan munavvar, shaffof bir gavharni tutib turadi[6, 18]. 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling