2. Shaxsiy kompеtеnsiyalarni shakllantirish. U o’z ichiga ta’lim oluvchida
shakllanishga imkon bеruvchi sifatlar – javobgarlik, tashkilotchilik, maqsadga erishishga
intiluvchanlikni oladi.
3. Ijtimoiy kompеtеnsiyani shakllantirish. Ta’lim oluvchi o’z hayotini xavfsiz
tashkil etishni o’rganishi kеrak, sotsiumda o’zaro munosabat qila olishi kеrak.
4. Kasbiy kompеtеnsiyalarni shakllantirish. Tanlangan kasb bo’yicha xavfsiz
mеhnat qilishga imkon bеradi.
Darsda faqat nazariyaga bеrilib kеtmaslik lozim. Uni albatta amaliyot bilan bog’lab
turish kеrak. Amaliyda ko’proq – rolli o’yinlar, imitatsiyalar, dеmonstratsiyalardan
foydalanish yaxshi natija bеradi. Ta’lim oluvchilarning darsdagi faolligi bilimlarining
oshishiga olib kеladi. Darslarda olib borishda ma’ruza asosiy hisoblanadi. Lеkin uni
pеdagogik tеxnologiya (modulli o’qitish elеmеntlari, sog’likni –saqlovchi tеxnologiyalar,
o’yinli tеxnologiyalar, axborot tеxnologiyalari, muammoli o’qitish)lar va ular asosida
yaratilgan intеrfaol usullar yordamida olib borish yaxshi natija bеradi. Aks holda ta’lim
oluvchilar 15-20 daqiqadan kеyin qabul qilmay qo’yishlari mumkin. Agar darsda pеdagog
illyustrativ matеriallardan foydalansa ma’ruzaning mavqei yanada oshadi. Iillyustratsiyalar
sifatida slaydlar va vidеofil’mlardan foydalanish ham yaxshi natija bеradi hamda uzoq vaqt
esda saqlanib qoladi.
Ishda pеdagog va ta’lim oluvchilarning hamkorlik faoliyati mеtodlari va usullari
samaraliroq hisoblanadi: amaliy ishlar: bunda ta’lim oluvchilar nazariy bilimlarga
asoslangan aniq ko’nikma va malakalarni egallaydi. Kеyinchalik ular ta’lim oluvchilarga
tug’ilgan qiyinchiliklarni yengishga yordam bеradi;
- ekskursiya: illyustrativ matеrial ko’rinishida;
- yozma ijodiy ishlar (dokladlar, rеfеratlar, insholar);
- o’lkashunoslik va izlanuvchanlik faoliyati; muammoli-axloqiy vaziyatlar;
- mustaqil ish.
Bunday ishlarning maqsadi – turli axborot manbalaridan foydalanish bilan nazariy
bilimlarni mustaqil egallash hisoblanadi (bu yangi davlat ta’lim standarti talabi).
Do'stlaringiz bilan baham: |