Issn: 2181-1601 Uzbekistan


www.scientificprogress.uz


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana23.12.2022
Hajmi0.71 Mb.
#1046168
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ikki-yoki-bir-necha-sonni-ularning-yig-indisi-va-ayirmasiga-ko-ra-topishga-doir-masalalar

www.scientificprogress.uz
 
Page 1144
uchala sinf o`quvchilari birga nechta ko`chat o`tqazgan bo`lar edi?” degan savolga 
javob izlash orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. 
Chizmadan ayonlashadiki, ikkinchi va to`rtinchi sinf o`quvchilari uchinchi sinf 
o`quvchilaridek ko`chat o`tqazganida jami ko`chatlar soni 
(912+30-27) ta bo`lar edi. 
Yechish: 1) 912+30-77=915 (ta) 
2)915:3=305 (ta) 3-sinf o`quvchilari o`tqazgan ko`chatlar soni. 
3)305-30=275 (ta) 2-sinf o`quvchilari o`tqazgan ko`chatlar soni. 
4)305+27=332 (ta) 4-sinf o`quvchilari o`tqazgan ko`chatlar soni. 
Javob 275,305,332 ta. 
“Ikki (yoki bir necha) sonlarning yig`indisi va ayirmasiga ko`ra shu sonlarni topish” 
tipidagi masalalarning o`ziga xos xususisiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish 
mumkin: 
- masalada doimo ikki yoki bir necha sonlarning yig`indisi yoki ayirmasi beriladi 
va shu sonlarning o`zini topish talab qilinadi. 
- masalaning qisqa shartini grafik shaklda tasvirlash qulay bo`ladi. 
- yechim shartli qabul qilingan ixtiyoriy uzunlikdagi kesmalarni tenglashdan 
boshlanadi. 
- Shartli qabul qilingan ixtiyoriy uzunlikdagi kesmalar soni, noma`lumlar soniga 
teng bo`ladi. 
- Masalada nechta noma`lum qatnashsa,masala shuncha echim usuliga ega bo`ladi. 
Shu tipga taalluqli quyidagi masalalarni boshlang`ich sinf o`quvchilariga
yechishga tavsiya qilish mumkin. 
1-masala. Nodir va Akmal birga 18ta gul rasmini chizishdi. Nodir chizgan gullar 
Akmal chizgan gullardan 4 ta ko`p. Nodir nechta gul rasmini chizdi? Akmalchi? 
2-masala. 2-“A” va 2-“V” sinflarida 82 ta o`quvchi o`qiydi. 2”A”sinfdagi 
o`quvchilar soni 2”V”ga qaraganda 2ta kam. Har qaysi sinfda nechta o`quvchi o`qiydi?. 
3-masala. Salima va Nafisa birgalikda o`qigan ertaklari soni 23ta. Salima 
Nafisaga qaraganda 3ta ko`p ertak o`qidi. Nafisa nechta ertak o`qigan? 
4-masala. Ikki jo`yakdan 98kg sabzi olindi. Birinchi jo`yakdan ikkinchisiga 
qaraganga 10kg kam sabzi olindi. Har bir jo`yakdan necha kgdan sabzi olingan? 
5-masala. Daraxtning ikki shoxida 14 ta chumchuq qo`ngan. Birinchi shoxdagi 
chumchuqlar ikkinchi shoxdagiga qaraganda 2 ta ortiq. Har bir shoxda nechtadan 
chumchuq qo`ngan? 
REFERENCES 
1. M.Jumayev va boshqalar. “Matematika o’qitish metodikasi” Darslik . T.2018 
2. Sh.Rayxonov, F. Qosimov, M.Qosimova “ Boshlang’ich sinflarda tipik arifmetik 
masalalar yechishga o’rgatish”. B.2017 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling