Iste’dodli bolalar – Vatan ishonchi. Kun shiori: «yoshlar kamoli yurt istiqboli»


Download 20.92 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi20.92 Kb.
#1128755
Bog'liq
Istedodli yoshlar



Tasdiqlayman:
____________________________________


Iste’dodli bolalar – Vatan ishonchi.

Kun shiori: «YOSHLAR KAMOLI - YURT ISTIQBOLI»


Hammamiz ham ulkan madaniyatga, boy ma'naviyatga va jahon sivilizatsiyasiga katta ta'sir ko`rsatgan millat vakillari ekanliklarimizdan hamisha g`ururlanamiz. Yoshlar esa shu bilan birga, buyuk ajdodlarimiz shon-shuhratiga, bugungi O`zbekistonimizning obro`-e'tiboriga, davlatimiz raqbarining ishonchiga munosib bo`lishga harakat qilishadi. Insoniyat tarixidan ma'lumki, davlat va jamiyatning kuch-qudrati asosan ikki narsaga bog`liq. Biri - ILM-FAN bo`lsa, ikkinchisi - TARBIYA. O`z o`tmishimiz ham bunga yorqin misol bo`la oladi. Qaysi zamonda ilm-fan, madaniyat, ma'rifat taraqqiy etgan bo`lsa, aynan o`sha davrda yurtimiz gullab-yashnagan, kuch- quvvatga, obro`-e'tiborga ega bo`lgan. Yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko`rsatilayotgan g`amxo`rliklar qadrini chuqurroq anglash, his qilish uchun dunyoga nazar tashlab, mulohaza yuritishga to`qri keladi. Shunday mamlakatlar borki, bolalarini o`qitish, qornini to`q, ustuni but qilishga qurbi yetmaydi. Kambag`allik, ocharchilik, turli xil kasalliklar girdobidan chiqib ketolmay boshqalarga qo`l cho`zib, xayriya so`rab yashaydi. BMT ma'lumotlariga ko`ra, dunyoda 854 million odam ocharchilikdan aziyat chekmoqda. YUNESKO ma'lumoti bo`yicha dunyoda maktab yoshidagi, 100 million bola o`qish imkoniyatidan mahrum.


Davlatimiz tarbiyadan hech narsani ayamayotgani, yoshlar siyosati izchillik bilan davom ettirilayotgani, yoshlarimiz o`z iste'dodlarini ro`yobga chiqarishi uchun imkoniyat maydoni kengayib borayotganini o`z ko`zimiz bilan ko`rib turibmiz. Masalan, ta'lim sohasidagi milliy dasturlarni hayotga tatbiq etish boshlanganidan buyon 1 ming 140 taga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4 ming 680 tadan ziyod umumta'lim maktabi yangitdan qurildi va kapital ta'mirlandi. O`tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o`quv yurtlarini barpo etish uchun 5 milliard dollardan ortiq byudjet va byudjetdan tashqari mablag`lar yo`naltirildi. Bularning barchasi o`z kuchimiz, mehnatimiz bilan amalga oshirildi. Umid bilan sug`irilgan tayoq bir kun berar mevayu yaproq, deganlaridek, qisqa vaqt ichida yoshlar tarbiyasi bilan bog`liq sa'y-harakatlarimizning natijalari bo`y ko`rsata boshladi. Bir necha yillardan beri o`tkazib kelinayotgan «Nihol», Zulfiya nomidagi mukofotlar, «Yangi avlod» respublika bolalar ijodiyoti festivali va «Kelajak ovozi» ko`rik-tanlovlari, «O`zbekiston madaniyati va san'ati forumi» iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan xayrli ishlar, «Barkamol avlod», Universiada musobaqalari yurtimizning deyarli barcha viloyat va tumanlarida, olis qishloqlarda iste'dodli yoshlar voyaga yetayotgani, ular buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari bo`lishga intilayotganlaridan dalolat beradi. Birgina sportning o`zida keyingi yillarda yoshlarimiz erishgan yutuqlardan har qancha faxrlansak oz.
Topshiriq: “Sen ham iste’dodingni sinab ko`r” mashqi. (O`qituvchi o`quvchilar orasidan she’r yozadigan, sportga qiziqadigan, musiqaga qiziqdaigan, mohir qo`llarni, til o`rrganishga qiziqdaigan, umuman qaysi fan yuzasidan iqtidori kuchlarni kuzatadi va rag`batlantiradi, bu rag`batlantirish bolaning o`ziga ishonchini rivojlantirsin) Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Download 20.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling