Iste'mol jamg'arma va investitsiya


Download 3.72 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi3.72 Kb.
#1471065
Bog'liq
Xondamir

Iste'mol jamg'arma va investitsiya


Jamg’arma – bu aholi, korxona (firma) va dalat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to’planib borishidir.
Jamg’arish fondi – bu barcha xo’jaliklar daromadidan iste‘mol sarflarini ayirib tashlansa uning hajmini tashkil qiladi. Barcha xo’jaliklar daromadi quyidagi yig’indidan iborat bo’ladi:
XD =C+S (1)
Bu yerda: XD – barcha xo’jaliklar daromadi; S - iste‘mol miqdori; S -jamg’arma miqdorini bildiradi.
Iste‘mol va jamg’arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Milliy daromad tarkibida turli soliqlar ham mavjud bo’ladi. Shu sababli soliqlar to’langandan keyin aholi qo’lida qoladigan daromad iste‘mol sarflari va shaxsiy jamg’arma yig’indisiga teng bo’ladi. Aholi qo’lidagi qoladigan daromad ixtiyordagi yoki sof daromad deb ataladi.
Iste‘mol va jamg’arma hajmi hamda unga ta‘sir ko’rsatuvchi omillar o’rtasidagi bog’liqlik iste‘mol va jamg’arma funktsiyasi deyiladi. Bu funktsiyalar bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko’ra, kishilar o’z mablag’larini qo’shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg’armaga yo’naltirishga harakat qiladilar. Shunga ko’ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, ularning jamg’armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo’ladi, ya‘ni jamg’arma real foiz stavkasining o’sib boruvchi funktsiyasi deyiladi (hisoblanadi). Aholi daromadlari iste‘mol va jamg’arma mablag’larinig yig’indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o’sishi bilan iste‘mol kamayib, pasayishi bilan esa ko’payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko’ra iste‘mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi.
Jamg’arilgan mablag’larining moddiy ishlab chiqarish sohasinig asosiy kapitallarini va aylanma mablag’larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg’arish summasini hosil qiladi. Itimoiy-madaniy sohadagi jamg’arish (noishlab chiqarish jamg’arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o’quv muassasalari, madaniyat, sog’liqni saqlash, spart muassasalari, ya‘ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi. Jamg’arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish suratlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir.
Download 3.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling