Iste’mol va jamg’arish


Download 1.08 Mb.
Sana15.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1484160
Bog'liq
Hojimurod

Iste’mol va jamg’arish.

Turapov Hojimurod

Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko’ra tarkibida eng katta ulushga ega bo’lgan komponentdir. 2004 yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra respublikamizda bu ulush 51,7 %ni tashkil etgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega.

Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg’armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg’arish hajmi foz stavkasining funktsiyasi de qarashsa J.M. Keyns uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg’arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi.

Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamg’arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo’jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va to’lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd ) ko’rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg’armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funktsiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.

Ma’lumki, uy xo’jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar, odatda, uning ko’proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish foydasiga o’sadi. Bu bog’liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko’rib chiqamiz (4-jadval). Tasarrufidagi daromad hajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng bo’lganda uy xo’jaliklari iste’moli 375 sh.b.ka teng, ya’ni tasarrufidagi daromaddan 5 sh.b.ka ko’p bo’ladi. Ya’ni uy xo’jaliklari 5 sh.b.ka teng miqdorda qarz hisobiga yoki o’tgan yillarda to’plangan jamg’armalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladilar. 4-jadval Daromad, iste’mol va jamg’arish ko’rsatkichlari


6-chizma. Iste’mol grafigi

Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadlar 390 sh.b.ka teng bo’lganda, uning miqdori iste’mol miqdori bilan tenglashadi. Bu miqdor bo’sag’aviy daromad deb yuritiladi. 6-jadval ma’lumotlari asosida iste’mol grafigini chizamiz. Iste’mol grafigi ikki to’g’ri chiziq ko’rinishida berilgan. Bissektrisa ko’rinishidagi Yd =C to’g’ri chizig’ining har bir nuqtasida iste’mol va tasarrufidagi daromad hajmlari teng bo’ladi. Haqiqiy iste’mol (S) grafigi haqiqiy iste’mol va daromad teng bo’lgan nuqtada (α) bissektrisa bilan kesishadi. Bo’sag’aviy nuqtadan quyida haqiqiy iste’mol daromaddan oshiq. Bu vaziyat insonlarning qarz hisobiga hayot kechirishini bildiradi. α – nuqtada yuqorida haqiqiy iste’mol daromaddan kam hamda ular o’rtasidagi farq jamg’arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste’mol to’g’ri chizig’i iste’mol hajmini belgilovchi vertikal o’qni a nuqtada kesib o’tadi. Bu hol uy xo’jaliklari umuman daromad olmaganlarida ham ma’lum miqdorda iste’mol qilishlarini anglatadi. a – nuqta esa avtonom iste’mol hajmini bildiradi.


Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg’arish funktsiyalarini yanada to’laroq bilish uchun iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik va chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim.
Iste’molga o’rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:
S
APC = ------------- 100
Yd
bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o’rtacha moyillik.
Tasarrufidagi daromaddagi jamg’arish ulushini jamg’arishga o’rtacha moyillik deb ataladi, ya’ni:
S
APS = --------------- 100
Yd
Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg’armaga o’rtacha moyillik.
Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling