Iste’molchi ortiqchaligini egallash. Iste’molchi daromodiga ko‘ra narx belgilash. Iste’mol xajmiga ko‘ra narx belgilash
Raqobatlashgan bozor samaradorligi
Download 314.53 Kb.
|
19-МАВЗУ. БОЗОР ҲОКИМИЯТИ ШАРОИТИДА НАРХ БЕЛГИЛАШ ТАМОЙИЛЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
4.Raqobatlashgan bozor samaradorligi
Biz ko‘rdikki davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi jamiyatda to‘liq yo‘qotishga olib keladi. Shuning uchun ham davlat o‘zining iqtisodiy siyosatini shlab chiqganda to‘liq yo‘qotishlarni hisob-kitobdan chetda qoldirmasligi kerak. Lekin, bundan davlatning raqobatlashgan bozorga aralashuvi har doim ham yo‘qotishlarga olib kelaveradi, deb bo‘lmaydi. Quyidagi ikki holda davlatning aralashuvi raqobatlashgan bozorda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini o‘sishga olib keladi. Birinchidan, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning harakati natijasida vujudga keladigan yutuq yoki yo‘qotish bozor narxida o‘z ifodasini topmasa. Bunday yo‘qotish yoki yutuqlar bozorga nisbatn tashqi samara deyiladi, nima uchun deganda, ular bozorga nisbatan tashqarida ro‘y beradi. Bozorga nisbatan tashqi samaraga misol qilib ishlab chiqaruvchilar tomonidan atrof-muhitni zaharlash natijasida vujudga keladigan jamiyat xarajatlarini keltirish mumkin. Ushbu xarajatlarni faqat davlatning aralashuvi orqali bartaraf qilish mumkin (bu masalaga keyingi boblarning birida batafsil to‘xtaymiz). Ikkinchidan «bozor qiyinchiligi»- bu yerda mahsulotning sifati, kim tomonidan, qachon ishlab chiqarilganligi to‘g‘risida axborotning to‘liq bo‘lmasligi, iste’molchilarni ortiqcha yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin, ya’ni iste’molchi naflikni maksimallashtiradigan tovarlarni sotib olish bo‘yicha to‘g‘ri qaror qilolmasligi mumkin. Bunday holda davlatning aralashuvini (tovarlar yorlig‘ida tovar to‘g‘risida to‘liq axborot bo‘lishni davlat tomonidan talab qilinishi) samarali deb qarash mumkin. Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi yutug‘ini maksimal bo‘lishini ta’minlaydi, demak, muvozanat holatda iste’molchilr o‘z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin bo‘lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan bozor samaradorligi ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Uzoq muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorning muvozanat holati shari quyidagicha tenglik bilan ifodalanadi: . (19-rasm) Ma’lumki qisqa muddatli oraliqda, raqobatlashgan bozor sharoitida firma ortiqcha foyda olishi yoki zarar ko‘rishi mumkin. Lekin, uzoq muddatli oraliqda bunday holat istisno qilinadi, nima uchun deganda, tarmoqga kirish, undan chiqish erkin bo‘lganda, tarmoqdagi yuqori foyda boshqa firmalarni o‘ziga jalb qiladi, tarmoqdagi zarar bilan ishlaydigan firmalar boshqa tarmoqqa o‘tadilar. 19-rasm. Raqobatlashgan firmaning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holati. Raqobatlashgan bozor cheklangan resurslarni optimal taqsimlashga yordam beradi va natijada iste’molchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga erishiladi. Bunday taqsimlanish shartida ta’minlanadi. Firmalar ushbu shartga ko‘ra ishlab chiqarishni narx chekli xarajatga teng bo‘lgancha qadar mumkin darajada maksimallashtiradilar. Ushbu shart bajarilganda nafaqat resurslarni samarali taqsimlashga erishiladi, balki maksimal ishlab chiqarish samaradorligiga ham erishiladi. Raqobatlashgan bozor firmalarni minimal xarajatlarda mahsulot ishlab chiqarishga va uni ushbu xarajatlarga mos bo‘lgan narxda sotishga majbur qiladi. Muvozanat holat grafigida o‘rtacha xarajat grafigi talab chizig‘iga urinadi xolos. Agar bo‘lsa, firma zarar ko‘radi va tarmoqdan ketishga majbur bo‘ladi. Agar bo‘lsa, bozorda qisqa muddatli oraliqda ortiqcha foyda olish ikoniyati tug‘iladi. Lekin, bu ortiqcha foyda tarmoqqa boshqa firmalarni kirib kelishiga sabab bo‘ladi. Boshqa firmalarning kirib kelishi ortiqcha foydani nolga tushiradi. Bu o‘z navbatida muvozanat holatni uzoq muddatgacha turg‘un saqlanishidan dalolat beradi. Raqobatlashgan bozorda va muvozanat holat sharoitida raqobatlashvchi tarmoqqa qarashli firmalar xarajatlari bir xil deb qaraladi. Lekin, biz bilamizki ba’zi bir firmalar sifatli xom ashyoda ishlaydi, boshqalari zamonaviyroq va samaraliroq uskunada va texnologiyada ishlaydi, yana boshqasi yuqori malakali kadrlar bilan ishlaydi. Umuman olganda ikkita bir xil firmaning o‘zi bo‘lmaydi. O‘z o‘zidan ravshanki, sifatli resurslar bilan ishlaydigan firmalarning xarajatlari boshqalarnikiga qaraganda kam bo‘ladi. Bu holatni raqobatlashgan bozordagi firmalarning o‘rtacha xarajatlari bir xil bo‘ladi, degan shart bilan mos kelishini iqtisodda quyidagicha tushuntiradi: ya’ni sifatli resurs egalari o‘z resurslari uchun ko‘proq ish xaqi oladi, mukammallashgan samarali uskunalarning ijara haqi ham yuqori bo‘ladi. Samarali resurs egalari olinadigan qo‘shimcha foydaga iqtisodiy renta deyiladi. Iqtisodiy renta - bu raqobatlashgan bozorda kerakli resurs uchun firma to‘lashi mumkin bo‘lgan narx bilan ushbu resursning minimal narxi o‘rtasidagi farq. Masalan, o‘rtacha xom ashyodan foydalanib ishlab chiqarilgan har bir mahsulot 10 so‘m keltirsin, cheklangan sifatli xom ashyodan foydalanib ushbu mahsulotni ishlab chiqarganda (xarajatlarning kamayishi va mahsulot sifatini oshishi hisobiga) har bir mahsulotdan oladigan foyda 20 so‘mni tashkil qilsin, deylik. Sifatli resursni hamma firmalar ham sotib olishga harakat qiladi. Lekin, sifatli resurs cheklangan bo‘lgani uchun hamma firmalar sotib ola olmaydi. Agar sifatli xom ashyo raqobatlashgan bozorda sotilsa, uning narxi o‘rtacha xom ashyo narxidan albatta yuqori bo‘ladi. Agar o‘rtacha xom ashyo narxi va sifatli xom ashyo narxi ( > ) bo‘lsa. Sifatli xom ashyo egasi ga teng bo‘lgan iqtisodiy renta oladi. Natijada mahsulot ishlab chiqaruvchi firmalarning o‘rtacha xarajati bir-biriga teng bo‘ladi. Shunday qilib, samarali resurslardan foydalanib olingan barcha foyda ushbu resurslarni sotib olishga sarflanadi. Ushbu holat raqobatlashgan bozordagi firmalarning o‘rtacha xarajatlari tenglashish tendensiyasiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Nazorat uchun savollar Davlatning iqtisodiy siyosati deganda nimani tushunasiz? Davlatning iqtisodiy siyosatini baholashda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi yutug‘idan qanday foydalanish mumkin? Ishlab chiqarish hajmini cheklash qanday oqibatlarga olib keladi? Ishlab chiqarishga soliqni uzoq va qisqa muddatli ta’sirini izohlab bering. Bozor qaysi holatda samarali faoliyat ko‘rsatadi? Download 314.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling