Iste’molchi xulq-atvori


(a) xavfsiz bo`lish, ya`ni iste`molchi hayoti va salomatligiga xavfli bo`lgan tovarlar va xizmatlardan himoyalanish huquqi; (b)


Download 66 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi66 Kb.
#1505855
1   2   3
Bog'liq
Gulshoda opa marketingdan refarat

(a) xavfsiz bo`lish, ya`ni iste`molchi hayoti va salomatligiga xavfli bo`lgan tovarlar va xizmatlardan himoyalanish huquqi;
(b) axborot olish huquqi, ya`ni axborot bilan ta`minlangan tanlovni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan ma`lumotlar bilan ta`minlash; yolg`on takliflar, ko`zbo`yamachiliklardan himoya qilish;
(c) tanlov erkinligi, ya`ni raqobatli baholar sharoitida turli xil tovarlar va xizmatlarni kafolatli tanlash;
(d) himoyalanish huquqi, ya`ni iste`molchilarning manfaatlari to`liq va tushunilgan holda bozorni tartibga solish bo`yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda e`tiborga olinishi lozim hamda zararlarni adolatli qoplash kafolati;
(e) toza va sof atrof-muhitdan foydalanish huquqi;
(f) aholining kambag`al qatlamlari va mayda millatlarning o`z manfaatlarini himoya qilish huquqi.
Ushbu huquqlar mutloq va buzilmas hisoblanadi. Ko`zbo`yamachiliklar, past sifat, qonuniy shikoyatlarni e`tiborga olmaslik, atrof-muhitni ifloslantirish va boshqa shunga o`xshash harakatlar qonuniy huquqlarni buzilishi deb qaraladi. Konsyumerizm sifatli tovarlar va iste`molchiga e`tibor uchun ko`rashuvchi AQSHdagi ijtimoiy harakat hisoblanadi. Ushbu harakat XX asrning 50-yillarini ikkinchi yarmida yuzaga kelgan va hozirgi kungacha amal qilib kelmoqda. Konsyumerizm harakatining maqsad va vazifalari doimo kengaymoqda va o`zgarishga uchramoqda. Iste`molchilar huquqini himoya qilish bo`yicha keng ko`lamli ishlarni olib borilishi natijasida iqtisodiy (milliy) ongda siljishlar yuzaga keldi va bu holat biznes, jamiyat va siyosatda qo`yiladigan axloqiy talablarning oshishiga olib keldi. Masalan, statistik ma`lumotlarga ko`ra alkogolizm va chyokish bilan bog`liq bo`lgan kasalliklarning o`sishi natijasida afrikadan chiqqan amerikaliklar hayotining o`rtacha davomiyligi yildan-yilga kamayishi kuzatilgan. Ushbu ma`lumotlar matbuotda e`lon qilinganida, iste`molchilar jamiyati bunday xavfli tovarlarni sotishga qarshi chiqdilar. Parallel holda tavakkalchiligi yuqori bo`lgan aholi guruhlari o`rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari sotish hajmi ancha kamaydi. Jamoatchilik ta`siri ostida “G. Heileman Brewing Co.” kompaniyasi asosan afrikadan chiqqan amerikaliklar uchun yo`naltirilgan o`zining “Power Master” nomli solodli likyorini sotuvdan olib tashlashga majbur bo`ldi. Bundan keyin “qora” kvartallarda bozorning ushbu segmenti uchun mo`ljallangan mentolli sigaretlarni siljitish bo`yicha ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarning barcha umidlari ro`yobga oshmasligi ayon bo`ldi.
Iste`molchini o`rganish tadqiqotlarning dinamik holda rivojlanayotgan sohasi hisoblanadi. Iste`molchini o`rganish bilishning tizimli sohasi sifatida 1950 yillarning oxiri va 1960 yillarning boshida yuzaga kelgan. Bu davr ko`pchilik malakatlarda iqtisodiy yuksalish davri edi. Menejment tizimining va umuman iqtisodiyotning boshidan kechirgan keng qamrovli (global) o`zgarishlar, strategik marketing dasturlarini rivojlantirishga, jumladan iste`molchi xulq-atvorini o`rganishga e`tibor berishni kuchaytirishga sabab bo`ldi.



Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling