Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
-§. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun talablar. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE kitobi
9-§. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun talablar. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr
uzatish havo tarmoqlari 133. Barcha yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan elektr uzatish havo tarmoqlari (keyingi o‘rinlarda — HT) EQTQ va amaldagi QMQga mos ravishda bajarilishi shart. 134. Yangi qurilgan HTni ekspluatatsiyaga qabul qilishda topshirayotgan tashkilot ekspluatatsiyaga qabul qilayotgan tashkilotga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: qurilish jarayonida kiritilgan, loyiha tashkiloti bilan kelishilgan o‘zgarishlar va hisob-kitoblar bilan HT loyihasini; simlarning kesimlari va ularning markalari, himoya qiluvchi yerga ulagichlar, yashindan himoya vositalari, tayanch turlari va boshqalar ko‘rsatilgan holda tarmoqning ijro sxemasini; manfaatdor tashkilot bilan birgalikda tuzilgan, bajarilgan o‘tish va kesishishlarni ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomalarini; ulash qurilmalari va tayanchlarining chuqurligi bo‘yicha yashirin ishlar dalolatnomalarini; erga ulashlar konstruksiyasining tavsifini va yerga ulash qurilmasi qarshiligini o‘lchash bayonnomalarini; belgilangan shaklda tuzilgan tarmoq pasportini; HTning barcha elementlariga (tayanchlar, izolyatorlar, simlar va boshqalarga) muvofiqlik sertifikatlarini; HTning yordamchi inshootlari, material va uskunalarining topshirilayotgan avariyaviy zaxirasi ro‘yxatini; tayanchlar oralig‘ida va kesishishlarda simning solqilik chizig‘i va HT gabaritlarini nazorat tekshiruvi bayonnomasini; qishloq joylarda yer rusurslari bo‘yicha tuman xizmatlari bergan qarorni; hududni kadastrli bo‘lishda va yer uchastkalarini kadastrli tasvirlashda shaharlar va posyolkalardagi ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari bergan ruxsatni; yer uchastkasining kadastr planida HT loyihasi qayd etilgan chizma nusxasini. 135. Ekspluatatsiyaga qabul qilishdan oldin yangi qurilgan yoki kapital ta’mirdan chiqqan HTda quyidagilar tekshirilishi shart: HTning texnik holati va uning loyihaga mosligi; yuklamaning fazalar bo‘yicha teng taqsimlanishi; erga ulash va yashindan himoya qurilmalari; simning solqilik chizig‘ini va tayanchlar orasida hamda kesishgan joylarda simning eng pastki nuqtasidan yergacha bo‘lgan vertikal masofa. 136. Yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan HTni ekspluatatsiya qilishga qabul qilishda, shuningdek, tarmoq simlarini almashtirish bilan kapital ta’mirlashdan keyin amaldagi qoidalar hajmida sinovlar o‘tkazilishi, fazirovka qilinishi va tarmoq turtki bilan kuchlanish ostiga qo‘yilishi kerak. 137. HT tayanchlarida EQTQda ko‘zda tutilgan belgilar o‘rnatilgan (chizilgan) bo‘lishi shart. 138. HTni muhofaza qilish uchun shoxoblanish va binolarga kirishdan tashqari chekka simlarining og‘ishgan holatida yer sathidagi proyeksiyasidan har bir tarafga 2 metr masofadagi parallel chiziqlar bilan chegaralangan yer uchastkasi ko‘rinishida qo‘riqlash zonasi belgilanadi. HTning muhofaza zonasi chegarasida quyidagilar man qilinadi: sport maydonchalarini, avtomobillar va boshqa transport turlari, mashinalar, mexanizmlar turadigan joylarni tashkil etish, yem-xashak, o‘g‘itlar, yoqilg‘i va boshqa materiallarni saqlash; daraxtlar (ko‘chat) ekish. HTning muhofaza zonasi chegarasida HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot egasining yozma ruxsatisiz quyidagilar man qilinadi: qurilish, montaj, portlatish va sug‘orish ishlarini amalga oshirish, daraxtlarni kesish, yuk ortish va yuk tushirish hamda yer qazish ishlarini bajarish; mashinaning umumiy balandligi yuk bilan yoki yuksiz, yer sathidan 4,5 metrdan ortiq bo‘lgan mashinalar va mexanizmlar uchun o‘tish yo‘llarini tashkil etish. 139. HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar HT o‘tayotgan zonada joylashgan aholi va tashkilotlar o‘rtasida HTni muhofaza qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishga, shuningdek, muhofaza zonasida boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr ho‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari talablarini buzgan holda ishlar olib borilganda, ishlarni to‘xtatish choralarini ko‘rishlari va ushbu Qoidalar talablarini buzuvchilarini belgilangan tartibda javobgarlikka tortishlari shart. 140. Umumiy tayanchlarda HT simlari bilan birga turli tashkilotlarga tegishli boshqa mo‘ljalli tarmoqlar osilgan taqdirda, HTga shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan ta’mirlash ishlarini boshlashdan avval har bir tashkilot boshqa tashkilotga ta’mirlashlarni boshlash haqida manfaatdor tashkilotga oldindan xabar berishi shart. 141. HTga shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan biron-bir ishlarni bajarayotgan korxona ishlar boshlanishidan kamida 3 kun oldin, ularni amalga oshirishni tarmoqni ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot bilan kelishishi va HT egasidan ruxsat olgandan keyin boshlashi shart. 142. HTni qayta qurish zaruratini keltirib chiqaradigan yoki uni mexanik shikastlanishdan himoya qilishni talab qiladigan ishlarni bajaradigan tashkilotlar HT egasi va uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot bilan kelishgan holda, qayta qurish va himoya ishlarini o‘zlarining materiallari va mablag‘lari hisobidan amalga oshirishlari shart. 143. HT tayanchlarini va boshqa elementlarini, shuningdek, tayanchlarni tuproqda mahkamlash usullarini konstruktiv o‘zgartirishlar faqat texnik hujjatlar (asoslar) va korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs ruxsati bilan bajarilishi mumkin. Barcha hollarda konstruktiv o‘zgartirishlarning texnik asoslanishi EQTQ, NTH, QMQ, sanitariya normalari va qoidalari talablariga mos kelishi shart. 144. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 1-ilova talablariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling