Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
O‘ta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE kitobi
O‘ta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Ushbu Qoidalar iste’molchilarga tegishli bo‘lgan 220 kV gacha kuchlanishli o‘zgaruvchan tok elektr qurilmalarini o‘ta kuchlanishlardan himoya qiluvchi barcha qurilmalarga taalluqlidir. Himoya qurilmalari amaldagi EQTQ va o‘ta kuchlanishdan himoya qilish bo‘yicha rahbariy hujjatlar talablarini qondirishi shart. 2. Iste’molchilarning bino va inshootlari javobgarlik darajasidan kelib chiqib, yashindan himoya qiluvchi tegishli qurilmalar bilan ta’minlanadi. Yashinning to‘g‘ridan to‘g‘ri urishidan himoya o‘zakli yoki trossli yashin qaytargichlar bilan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Yashindan himoya qiluvchi qurilmalarga, shuningdek, yerga ulangan metall tom va metalldan bo‘lmagan tomga tashlangan metall to‘r ham kiradi. 3. Alohida o‘rnatilgan yashin qaytirgichlar yoki ularni ushlab turuvchi konstruksiyalar sifatida tutun quvurlar va inshootlardan foydalanuvchi korxonalar, ushbu yashin qaytirgichlar himoya qiladigan zonalar chizmasiga ega bo‘lishi shart. Rekonstruksiya qilinganda va qurilish ishlari bajarilganda himoya zonalarini aniqlashtirish zarur. 4. OTQ konstruksiyalariga, alohida turgan o‘zakli yashin qaytargichlarga, projektor machtalariga, tutun quvurlariga va gradirnyalarga 1000 V gacha kuchlanishli HL simlarini (yorituvchi, telefon va shunga o‘xshash) osish va ushbu tarmoqlarni mazkur inshootlarga olib kelish man etiladi. Ko‘rsatilgan tarmoqlar — kabel tarmoqlari bo‘lishi shart. 5. Korxonalarda quyidagi tartibga solingan ma’lumotlar saqlanishi shart: himoya oraliqlarida ventilli va quvurli razryadlagichlarning o‘rnatilishi haqida (razryadlagich turlari, himoya qilinayotgan uskunalargacha masofa), shuningdek, quvurli (naysimon) razryadlagichdan tarmoq ajratgichlar va ventilli razryadlagichlargacha bo‘lgan masofalar haqida; yashindan himoya qilish vositalari o‘rnatilgan tayanchlar yerga ulagichlarining, shu jumladan troslarning qarshiligi haqida; elektr uzatish tarmoqlarining podstansiyalarga yaqinlashishida tuproqning qarshiligi haqida; elektr uzatish tarmoqlarining boshqa elektr uzatish, aloqa va avtoblokirovka tarmoqlari bilan kesishishi, HLdan shoxoblanishlar, tarmoqdagi kabel uchastkalari va boshqa izolatsiyasi zaif bo‘lgan joylar haqida. 6. Barcha kuchlanishdagi ventilli razryadlagichlar doimo ulangan bo‘lishi shart. OTTda qishki mavsumda (yoki uning alohidagi oylarida) dovulli shamollar bo‘ladigan, muzlaydigan, harorat keskin o‘zgaradigan va intensiv ifloslanadigan tumanlarda faqat yashindan himoya qilish uchun mo‘ljallangan ventilli zaryadsizlagichlarni o‘chirib qo‘yishga ruxsat beriladi. Avtotransformatorlardagi ventilli razryadlagichlarni o‘chirib qo‘yish mumkinligi ishlab chiqaruvchi zavod bilan kelishiladi. Barcha kuchlanishli HLda quvurli razryadlagichlar va himoya oraliqlarining uchqun oraliqlarini qishki davrda uzaytirmasdan qoldirishga ijozat beriladi. 7. Ventilli va quvurli razryadlagichlarning Elektr uskunalarni SQ va Mga muvofiq sinovlari o‘tkaziladi. 8. Podstansiyalarda o‘ta kuchlanishdan himoya qilish vositalari quyidagilarda ko‘rikdan o‘tkazilishi shart: doimiy navbatchi xodimlari bo‘lgan qurilmalarda, navbatdagi ko‘rik vaqtida, shuningdek, chiqib ketuvchi HLning releli himoyasi ishlab ketishini keltirib chiqargan har bir momaqaldiroqdan keyin; doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan qurilmalarda ― barcha uskunalarni ko‘rikdan o‘tkazishda. 9. HLda o‘rnatilgan quvurli razryadlagichlar va himoya oraliqlari ko‘riklari yerdan turib ko‘rik o‘tkazuvchi tomonidan quyidagi hollarda o‘tkaziladi: HLni har bir navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazishda; momaqaldiroqdan keyin HL o‘chganda yoki AQU qurilmasi ishlaganda, agar izolatsiya buzilishiga (erga tutashishga) shubha bo‘lsa. 10. Podstansiyaga kirishda o‘rnatilgan quvurli razryadlagichlarni navbatchi xodim asosiy uskunalar bilan birgalikda davriy, shuningdek, podstansiya joylashgan hududda yoki undan chiqib ketgan elektr uzatish tarmog‘i uchastkalarida sodir bo‘lgan momaqaldiroqdan keyin ko‘rikdan o‘tkazadi. 11. Momaqaldiroq mavsumidan oldin kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HLning temir-beton tayanchlariga o‘rnatilgan izolyatorlar ilgaklari va shtirlarini, shuningdek, ushbu tayanchlar armaturalarini yerga ulanishlari sozligi tanlov asosida (elektr ho‘jaligiga javobgar xohishiga ko‘ra) tekshirilishi kerak. Nol sim bo‘lgan taqdirda, ushbu elementlarni nol simga ulanganligi ham tekshiriladi. 12. Yoy so‘ndiruvchi reaktorlar bilan yerga tutashishning sig‘im tokini kompensatsiyalash, sig‘im toki quyidagi qiymatlardan ortganda qo‘llaniladi: Tarmoqning nominal kuchlanishi, kV 6 10 15 — 20 35 Yerga tutashuvning sig‘im toki, A 30 20 15 10 Tarmoq kuchlanishi 6 — 35 kV bo‘lgan HLdagi temir-beton va metall tayanchlarda, yerga tutashishning sig‘im toki 10 A dan yuqori bo‘lganda yoy so‘ndiruvchi apparatlar qo‘llaniladi. Tarmoqlarda yerga tutashuvning sig‘im tokini kompensatsiya qilish uchun tokni avtomatik yoki qo‘l bilan rostlovchi yerga ulanadigan yoy so‘ndiruvchi reaktorlar qo‘llanilishi kerak. Sig‘im toklarini, yoy so‘ndiruvchi reaktor toklarini, yerga tutashuv toklarini va neytral siljish kuchlanishlarini o‘lchashlar, yoy so‘ndiruvchi reaktorlarni ekspluatatsiyaga tushirishda va tarmoq rejimlari anchagina o‘zgarganda, lekin kamida 6 yilda 1-marta o‘tkazilishi kerak. 13. Sig‘im tokini kompensatsiyalab ishlayotgan tormoqlarda kuchlanish nosimmetriyaligi faza kuchlanishining 0,75 foizidan ortmasligi shart. Tarmoqda yerga tutashish bo‘lmaganda, neytralning siljish kuchlanishi faza kuchlanishidan 15 foizdan yuqori bo‘lmasligiga uzoq muddat, 30 foizdan yuqori bo‘lmasligiga 1 soat davomida ruxsat beriladi. Kuchlanish nosimmetriyaligini pasaytirish va neytralni ko‘rsatilgan qiymatlargacha siljitish yerga nisbatan fazalar sig‘imini rostlash bilan amalga oshiriladi (faza simlarini o‘zaro joylashishini o‘zgartirish, shuningdek, tarmoqlar fazalari orasida yuqori chastotali aloqa kondensatorlarini taqsimlash bilan). Tarmoqqa yuqori chastotali aloqa kondensatorlari va aylanuvchi mashinalarning yashindan himoya qilish kondensatorlari ulanganda, yerga nisbatan fazalar sig‘imlarining nosimmetriyasiga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi tekshirilishi shart. Neytralda ko‘rsatilgan qiymatlardan ortiq kuchlanish siljishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan elektr uzatuvchi havo va kabel tarmoqlarini fazalar bo‘yicha ulash va o‘chirish man qilinadi. 14. Ayni vaqtda tarmoqda yerga ulanish bo‘lsa, yoy so‘ndiruvchi apparatlarni o‘chirib qo‘yishga ijozat berilmaydi. 15. Sig‘im tokini kompensatsiyasi bilan ishlayotgan tarmoqdan ta’minlanayotgan korxona, energetika tizimining tezkor xodimlarini iste’molchi tarmog‘i sxemasidagi o‘zgarishlar haqida yoy so‘ndiruvchi reaktorlarni qayta qurish (sozlash) uchun o‘z vaqtida ogohlantirishi shart. 16. Transformatorlar va avtotransformatorlarning ishlatilmayotgan past (o‘rta) kuchlanish cho‘lg‘amlari yulduzga yoki uchburchakka ulanishi va o‘ta kuchlanishdan himoya qilingan bo‘lishi shart. 17. Har yili momaqaldiroq mavsumidan oldin, yashindan himoya qilish sxemalarini ularning qurilmalarida va elektr zanjiri sxemalaridagi bo‘lib o‘tgan yoki bo‘ladigan o‘zgarishlarni hisobga olib, ular yashindan himoya qilish vositalarini joylashtirishning namunaviy sxemalariga mos kelishi uchun tekshirish zarur. 18. Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan podstansiyalarda neytralni o‘zidan-o‘zi siljishini yoki xavfli ferrorezonans jarayonlarning oldini olish uchun tezkor harakatlar NKF-110 va NKF-220 kuchlanish transformatorlari bo‘lgan yuklanmagan shinalar tizimiga ulanayotgan transformator neytralini yerga ulash bilan boshlanishi kerak. 19. Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan tarmoqlarda transformatorlarning 110 — 220 kV kuchlanishli cho‘lg‘amlari neytralini yerdan ajratish, shuningdek, releli himoya va avtomatikaning harakatini tanlash shunday amalga oshirilishi kerakki, bunda turli tezkor va avtomatik o‘chirishlarda neytrallari yerga ulangan transformatorlarsiz tarmoq uchastkalari ajralib qolmasligi kerak. Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 7-ILOVA Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling