Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
Naryad berish va rasmiylashtirish tartibi
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE kitobi
Naryad berish va rasmiylashtirish tartibi
69. Ishlash uchun naryad ikki nusxada yoziladi. Ikkala nusxasini ham aniq va tushunarli yozilishiga rioya etilganda, u ko‘chirgich qog‘oz (kopirka) qo‘yilib to‘ldiriladi. Yozilgan yozuvni o‘chirish yoki tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 70. Naryadni naryad beruvchi shaxs tomonidan javobgar rahbarga yoki ushbu obyektning tezkor xodimidan hisoblangan katta xodimga telefon orqali berilishiga ruxsat etiladi. Bunda naryad uch nusxada to‘ldiriladi: bir nusxasini naryad beruvchi shaxs to‘ldiradi, ikkita nusxani esa telefon orqali qabul qilayotgan shaxs to‘ldiradi. Elektr qurilmalarida ishlar doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan va tezkor yoki tezkor ta’mirlovchi xodim hisoblangan shaxs tomonidan ijozat beruvchi va javobgar rahbar vazifasini o‘rindoshlik asosida bajarganda naryad ikki nusxada yoziladi. Ulardan biri ish bajaruvchiga beriladi, ikkinchisi esa naryad beruvchi shaxsda qoladi. Naryad telefon orqali berilganda, naryad beruvchi shaxs uning matnini (telefonogramma shaklida) aytib yozdiradi. Matnni qabul qilayotgan shaxs esa naryad blankasini to‘ldirib, qayta tekshirib ko‘radi. Bunda naryad beruvchi shaxsning imzosi o‘rniga uning familiyasi ko‘rsatiladi va matnni qabul qilayotgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Telefon orqali qabul qilingan naryad asosidagi ishga ijozat berish umumiy tartibda amalga oshiriladi. 71. Naryad bitta brigadali bitta ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) yoziladi. Ish bajaruvchining qo‘liga faqat bitta naryad beriladi. Bitta brigada tomonidan kuchlanishni olmasdan bir nechta ulanmalarda, bir yoki xar hil TQlarda, podstansiyaning har xil xonalarida bajariladigan bir xil turdagi ishlarga navbat bilan ketma-ket bajarish uchun bitta umumiy naryad berilishi mumkin. Bir ish joyidan boshqa ish joyiga o‘tishni faqat bir TQdan boshqasiga, TQning bir qavatidan boshqa qavatiga o‘tilgan taqdirda, rasmiylashtirish talab qilinadi. 72. Bitta javobgar rahbarga bir paytda beriladigan naryadlar soni har bir alohida holatda naryad beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi. Naryad tezkor xodimga bevosita ish joyini tayyorlash oldidan beriladi. Naryadni ish bajaruvchiga ishni boshlash arafasida berishga ruxsat etilmaydi. 73. Barcha tok o‘tkazuvchi qismlardan, shu jumladan, HL va kabel liniyalarining (keyingi o‘rinlarda — KL) ning chiqishlaridan kuchlanish olingan va qo‘shni elektr qurilmalariga kirish yopiq (1000 V gacha bo‘lgan yig‘ma va shchitlar kuchlanish ostida qolishi mumkin) bo‘lsa, elektr qurilmasining barcha ulanmalarida bir vaqtning o‘zida ishlash uchun bitta naryad berilishiga ruxsat etiladi. 74. Ish joyi kengaytirilgan yoki ish joylarining soni o‘zgargan taqdirda, yangi naryad berilishi lozim. 75. Brigada tarkibini naryad beruvchi shaxs belgilaydi. 76. Brigada a’zolarining soni va malakasi bo‘yicha tarkibi hamda ish bajaruvchining (kuzatuvchi)malakasi, ish bajaruvchining (kuzatuvchi)brigada a’zolari ustidan yetarlicha nazoratni ta’minlash imkonidan kelib chiqib, ishlarni bajarish sharoitini hisobga olgan holda belgilanadi. 77. Naryad muddatini naryad beruvchi yoki ushbu elektr qurilmasida ishlashga naryad berish huquqiga ega bo‘lgan boshqa xizmatchi uzaytirishi mumkin. Naryad muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ruxsatnomani ijozat beruvchiga, javobgar rahbarga yoki ish bajaruvchiga telefon, radio yoki kuryer orqali berilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu xodim o‘z imzosi bilan naryad muddatini uzaytirgan xizmatchining ismi va familiyasini yozib ko‘rsatadi. 78. Naryadlar bo‘yicha ishlar bajarib tugatilgandan so‘ng ular 30 kun davomida saqlanishi kerak, keyin esa ularni saqlash talab etilmaydi. Agar naryad bo‘yicha ishlarni bajarishda avariya yoki elektrdan jarohatlanish sodir bo‘lgan bo‘lsa, bu naryadlar korxonaning arxivida saqlanishi shart. 79. Naryad bo‘yicha ish bajarilganda brigada kamida ikki kishidan — ish bajaruvchi va brigada a’zosidan iborat bo‘lishi kerak. Ish bajaruvchi rahbarlik qiladigan brigada tarkibiga elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega bo‘lgan har bir brigada a’zosiga I guruhga ega bo‘lgan bitta elektrotexnik yoki elektrotexnologik xodim kiritilishi mumkin. Ammo brigadadagi I guruhga ega bo‘lgan xodimlarning umumiy soni ikki kishidan oshmasligi kerak. 80. Navbatchilik vaqtida tezkor xodimlar yuqori turuvchi shaxsning ruxsati va tezkor jurnalga yozish sharti bilan naryadga kiritilmasdan, ta’mirlash brigadasida ishlash uchun jalb etilishi mumkin. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling