Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Xodimlarning vazifalari, qoidalarning bajarilishi uchun javobgarlik va nazorat


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/76
Sana22.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1041282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

2-§. Xodimlarning vazifalari, qoidalarning bajarilishi uchun javobgarlik va nazorat
9. Qoidalarning maqsadi iste’molchilar elektr qurilmalari va elektr tarmoqlarini ishonchli, xavfsiz va samarali
ekspluatatsiya qilishni ta’minlash hamda ularni ishga yaroqli holatda saqlab turishdan iborat.


10. Ishlab turgan elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish, ularda tezkor almashlab ulashlarni o‘tkazish,
ta’mirlash, montaj yoki sozlash ishlarini va sinashlarni tashkil etish va bajarish maxsus tayyorlangan elektrotexnik
xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Korxonaning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, elektrotexnik xodimlari
energetika xizmati tarkibida bo‘lishlari shart.
Korxonada energetika xizmati bo‘lmagan taqdirda, iste’molchilarning elektr qurilmalariga xizmat
ko‘rsatishni shartnoma bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki boshqa korxonaning (shu jumladan, tadbirkorlar
subyektlarining) elektrotexnik xodimlari amalga oshirishi mumkin.
11. Elektrotexnik xodim o‘z korxonasining texnologik xususiyatlarini aniq tasavvur qilishi, mehnat va ishlab
chiqarish intizomiga qat’iy rioya qilishi va barcha choralar bilan ularni mustahkamlashi kerak hamda mazkur
Qoidalar, XTQ, yo‘riqnomalar va boshqa normativ hujjatlar talablarini bilishi va ularga rioya etishi shart.
12. Mazkur Qoidalar, XTQ va YoXQ ni buzishda aybdor shaxslar o‘z harakatlari yoki harakatsizligining
xususiyatiga va ulardan kelib chiqadigan oqibatlarga qarab, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga
muvofiq javobgarlikka tortiladi.
13. Ushbu Qoidalarning bajarilishini ta’minlash uchun har bir korxonada korxona rahbari yoki egasining
buyrug‘i bilan energetika xizmatining MTX orasidan korxona elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari umumiy holatiga
javob beruvchi shaxs (keyingi o‘rinlarda — elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs) tayinlanishi shart.
Elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tayinlanishi haqidagi buyruq, qoidalar va yo‘riqnomalar bo‘yicha u bilimlar
sinovidan o‘tganidan va unga elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishlicha: 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr
qurilmalarida — V guruh, 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida — IV guruh berilganidan so‘ng
chiqariladi.
Korxonada bosh energetik lavozimi bo‘lsa, unga ushbu korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning
majburiyatlari yuklanadi. Elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning majburiyatlarini o‘rindoshlik asosida bajarishga
ruxsat beriladi.
Korxonalarda ular tomonidan o‘z faoliyatida kuchlanishi 400 V va 400 V gacha bo‘lgan, aholiga sotish
uchun chakana savdo tarmog‘iga chiqariladigan hamda tegishli sifat sertifikatiga ega bo‘lgan yoritish
qurilmalari, elektr asboblari va elektr mashinalaridan foydalanilganda, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsni
tayinlash yoki ishga yollash imkoniyati bo‘lmaganda, elektr xo‘jaligiga javobgarlik korxona rahbariga yoki egasiga
yuklatilishi mumkin.
Bu holda korxona rahbari yoki egasi bilimlar sinovidan o‘tmaydi va unga elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli
guruh berilmaydi. Bunda rahbar yoki egasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr
energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — O‘zenergoinspeksiya) hududiy bo‘linmalarida elektr
xavfsizligi va elektr uskunalarga xavfsiz xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqdan o‘tishi kerak. Ushbu holat
“O‘zenergoinspeksiya”ning 400 V gacha kuchlanishli elektr uskunalari mavjud bo‘lgan individual iste’molchilarni
ro‘yxatga olish jurnalida va egasining ariza-majburiyatida rasmiylashtirilishi shart.
400 V gacha kuchlanishli yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan xonalarda va qurilmalarda (avtoyoqilg‘i va
gazyoqilg‘i quyish stansiyalari va boshqalar) elektr uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi korxonalarda, elektr
xo‘jaligiga javobgar shaxslar elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruhga ega bo‘lishi hamda bilimlar sinovini
ro‘yxatga olish jurnalida rasmiylashtirilishi shart.
Elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs uzoq muddat (dam olishda, kasal bo‘lsa, xizmat safarida) bo‘lmasa, uning
majburiyatlarini bajarish korxona bo‘yicha buyruq bilan uning o‘rinbosariga (agar bu shtat jadvalida ko‘zda
tutilgan bo‘lsa) yoki mazkur Qoidalarning 34-bandi 
“a” kichik bandiga 
muvofiq malaka komissiyasida bilim
sinovidan o‘tgan energetika xizmatining MTX orasidan boshqa shaxsga yuklanadi.
Ushbu Qoidalarning talablariga mos elektrotexnik xodimlar bo‘lmagan taqdirda, iste’molchilarning elektr
qurilmalarini ekspluatatsiya qilish man etiladi.
Korxonada ushbu Qoidalarning talablariga mos elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs va elektrotexnik
xodimlarning mavjudligi uchun korxonaning rahbari (egasi) javobgar bo‘ladi. Korxona rahbari, shuningdek,
mazkur Qoidalar, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari (keyingi o‘rinlarda
— EEFQ), iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda XTQ va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarning talablari bajarilishi uchun zarur bo‘lgan barcha tadbirlarning moddiy ta’minlanishi uchun javobgar
bo‘ladi.
14. Korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs quyidagilarni ta’minlashi shart:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr energiyasini tejash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini hamda elektr
qurilmalarning xavfsiz ishlashini;
elektr va elektrotexnologik uskunalar va tarmoqlarni, himoya vositalari va yong‘inga qarshi anjomlarning
ishga yaroqli holatda saqlanishini, ularning ushbu Qoidalar, iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya
qilishda XTQ, EEFQ va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga mos ravishda ekspluatatsiya qilinishini;
energetika uskunalarida profilaktik va ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi tashkil etilishini;
elektrotexnik xodimlar o‘qitilishini, XTQ va TEQQ, lavozim va ishlab chiqarish yo‘riqnomalari bo‘yicha
bilimlar sinovidan o‘tishlarini;
foydalanilayotgan energiyaning hisobga olinishi yuritilishini;
atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi texnologiyalar va ish usullari ishlatilishining oldi olinishini;
reaktiv quvvat kompensatsiyasi, mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun energiya sarfi me’yorini
kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini;
elektr uskunalari ishlashida buzilishlar, baxtsiz hodisalar hisobga olinishini va tahlil qilinishini hamda
ularning yuzaga kelishi sabablarini bartaraf etish choralari qabul qilinishini;
iste’mol shartnomasiga muvofiq rejimga rioya etilishini, energetika tizimi yuklamasi maksimal soatlarida
dispetcherlik xizmati talablari bo‘yicha iste’mol quvvatining kamaytirilishini;
elektrotexnik xodimlar uchun lavozim va ishlab chiqarish yo‘riqnomalari ishlab chiqilishini.
15. Elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning taklifiga ko‘ra, korxona rahbari tarkibiy bo‘linmalarining elektr
xo‘jaliklariga javobgar shaxslarni tayinlashi mumkin.
Agar bunday shaxslar tayinlanmagan bo‘lsa, tarkibiy bo‘linmalar elektr xo‘jaligi uchun javobgarlikni,
ularning hududiy joylashuvidan qat’i nazar, bosh korxona elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs olib boradi.
Tarkibiy bo‘linmalar elektr xo‘jaligi uchun javobgarlar va korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs o‘rtasidagi
o‘zaro aloqa va majburiyatlarning taqsimlanishi ularning lavozim yo‘riqnomalarida aks ettirilishi shart.


16. Agar korxona rahbari elektr ta’minoti shartnomasini bevosita energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan
tuzmagan bo‘lsa, ijaraga berilgan elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilish uchun javobgarlikning taqsimlanishi
ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasidagi ijara shartnomasida aks ettirilishi shart.
17. Korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs:
ishlab chiqaruvchi zavodlarga — butlanmagan, sifatsiz yoki buyurtma xususiyatiga, davlat standartlariga va
texnik shartlarga mos bo‘lmagan uskunalar keltirilganda;
montaj qiluvchi tashkilotlarga — elektr montaj ishlari texnologiyasi buzilganda, sifatsiz montaj qilinganda,
loyiha hujjatlaridan chetga chiqilganda va montaj jarayonida uskunalar shikastlanganda;
elektr ta’minoti tashkilotiga — elektr energiyasining sifatsiz parametrlarida va korxona elektr ta’minoti
buzilishlarida o‘z vaqtida da’vo (reklamatsiya) berishi shart.
18. Ushbu Qoidalarning buzilishlarini payqagan, shuningdek, elektr qurilmalari yoki himoya vositalarining
ishga yaroqsizligini sezgan har bir xodim, zudlik bilan bevosita o‘zining rahbariga, u bo‘lmaganda esa — yuqori
turuvchi rahbarga bu haqda xabar berishi shart.
Elektr qurilmadagi nosozlik atrofdagi kishilarga yoki qurilmaning o‘ziga aniq xavf tug‘dirgan hollarda, uni
payqagan xodimning o‘zi bartaraf qila olsa, buni zudlik bilan amalga oshirishi, shundan keyin bevosita boshliqni
xabardor qilishi kerak. Nosozlikni bartaraf qilish xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
19. Elektr qurilmasining ishidagi har bir buzilish ishlab chiqaruvchi zavodning yo‘riqnomalariga ko‘ra
tekshirilishi va hisobga olinishi shart.
Tekshirish materiallari asosida elektr qurilmalarining ishida shunga o‘xshash buzilishlarning oldini olish
bo‘yicha avariyaga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.
Elektr qurilmalari ishidagi buzilishlar uchun quyidagilar shaxsan javobgardir:
bevosita elektr qurilmaga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodimlar − ularning aybi bilan yuz bergan buzilishlar
uchun, shuningdek, ular tomonidan xizmat ko‘rsatish uchastkasida elektr qurilmaning ishidagi buzilishlar
noto‘g‘ri bartaraf etilganligi uchun;
uskunani ta’mirlayotgan ta’mirlovchi va tezkor ta’mirlovchi xodimlar — ta’mirlash sifati pastligi tufayli kelib
chiqqan ishdagi buzilishlar uchun;
korxonaning, tarkibiy bo‘linmalarning bosh muhandislari va energetiklari, elektr sexi boshliqlari va
energetika xizmatining boshqa MTX — ularning aybi bilan elektr qurilmalarni ishlashida yuz bergan buzilishlar
uchun, texnologik xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari, elektrotexnologik uskunalarni ekspluatatsiya qilishdagi
buzilishlar uchun, shuningdek, o‘z vaqtida va qoniqarli texnik xizmat ko‘rsatish hamda avariyaga qarshi chora-
tadbirlarning bajarilishi ta’minlamagani uchun.
20. Har bir baxtsiz hodisa, shuningdek, XTQ buzilishining boshqa holatlari o‘rnatilgan tartibda sinchiklab
tekshirilishi, ularning paydo bo‘lish sabablari, javobgar shaxslar aniqlanishi va bunday holatlarning oldini olish
uchun choralar ko‘rilishi shart.
21. Elektr tokidan shikastlanishdan yuzaga kelgan baxtsiz hodisalar uchun bevosita qoidalarni buzgan
xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar va baxtsiz hodisalar yuzaga kelishi holatini istisno etuvchi tashkiliy-texnik tadbirlar
bajarilishini ta’minlamagan ma’muriy-texnik xodimlar mas’uldir.
22. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi uchun davlat energetika nazorati “O‘zenergoinspeksiya” va
uning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Korxonalarda mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishini tekshirish va nazoratni, “O‘zenergoinspeksiya” va
uning hududiy bo‘linmalaridan tashqari, korxonaning xavfsizlik texnikasi bo‘limlari va yuqori turuvchi tashkilotlar
amalga oshiradilar.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling