Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/76
Sana22.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1041282
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

3-bob. Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish
17. Aravacha bilan tortib chiqariladigan uskunalari bo‘lgan KTQda shinalardan kuchlanishni olmasdan va
ularni yerga ulamasdan turib, shinalardan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri KTQlarga ulangan uskunalardan yaxlit metall
to‘siq bilan ajratilmagan shkaf bo‘lmalari ichiga kirish taqiqlanadi.
18. Komplekt taqsimlash qurilmasining shkaf bo‘lmasi ichida ishlaganda, aravachani qurilmasi bilan tortib
chiqarib qo‘yish, tok o‘tkazuvchi qismlari kuchlanish ostida qolgan bo‘lmadagi to‘siqchani qulflab, “TO‘XTA!
KUChLANISh!” plakatini osish zarur. Ishlanayotgan bo‘lmaga “ShU YERDA IShLANSIN!” plakatini osib qo‘yish
kerak.
19. Yerga ulovchi pichoqlar bilan jihozlangan KTQlarida, boshqa tomondan kuchlanish uzatilishini istisno
etuvchi sxemali ulanmalarda bu pichoqlarni shinaga ulashdan oldin kuchlanish bor-yo‘qligini shu joyning o‘zida
elektr sxemani ko‘zdan birma-bir kechirib tekshirishga ruxsat etiladi.
20. KTQdan tashqarida undan chiquvchi HL va KLlarda yoki ularga ulangan uskunalarda ishlanganda,
o‘chirgichni aravachasi bilan tortib chiqarish, yuqoridagi to‘siqcha yoki eshikchalarni qulflab qo‘yish va
“ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” yoki “ULANMASIN! LINIYADA ISh BAJARILMOQDA!” plakatlarini osib
qo‘yish kerak.
Chiquvchi HLda ishlangan taqdirda, KTQ shkaflarida yerga ulagichlarni o‘rnatishda mazkur Qoidalarga 9-
ilovaning
 40-bandi 
talablari e’tiborga olinishi zarur.
21. KTQlarining shkaflari ichida mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 
20-bandidagi 
ko‘rsatmalarga muvofiq ishlar
bajarilganda quyidagilarga ruxsat etiladi:


erga ulagich pichoqlar bilan o‘chirgichning aravachasi orasida blokirovka bo‘lsa, aravachani ushbu
pichoqlar ulangandan so‘ng nazorat holatiga o‘rnatish;
erga ulagich pichoqlar bilan o‘chirgichning aravachasi orasida blokirovka bo‘lmasa, shuningdek, shkaflar
ichida yerga ulagich pichoqlar bo‘lmagan taqdirda, shu holatda qulflab qo‘yish sharti bilan aravachani tortib
chiqarilgan holat bilan nazorat holati oralig‘idagi holatga keltirish. Aravacha ulanmaning chiqish qismlari yerga
ulanganligi yoki yerga ulanmaganligidan qat’i nazar, oraliq holatda qoldirilishi mumkin.
22. KTQlaridan tashqarida undan chiquvchi HL va KLlarda yoki ularga ulangan uskunalarda elektr
dvigatellar bilan ulangan mexanizmlarni ham qo‘shib hisoblaganda ish olib borilmagan hollarda yoki bu
ulanmaga KTQning shkafi ichida yerga ulagich o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘chirgichli aravachani nazorat holatiga
chiqarib, uning boshqaruv va himoya zanjirida ishlashiga va o‘chirgichni tekshirish uchun ishlatib ko‘rishga
ruxsat beriladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling