Iste'molchining bozordagi harakati


Iste’molchilik xatti-harakati


Download 71.51 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi71.51 Kb.
#1557926
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iste\'molchining bozordagi harakati

Iste’molchilik xatti-harakati – bu iste’molchilarning turli tovar va xizmatlarga talabini shakllantirish jarayoni.
Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid kwplab darslik va wquv qwllanmalarda bozor talabining shakllanishi va namoyon bwlishini iste`molchining hatti-harakati orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g`arb adabiyotlarida mavjud bwlib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste`molchi hatti-harakati nazariyasi alohida ywnalish sifatida bayon etilmoqda.34 Talabalarni mazkur nazariyaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy tushunchalarini kwrib chiqamiz.
Iste`molchining bozordagi hatti-harakati swnggi qwshilgan naflilik nazariyasi hamda iste`molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Cwnggi qwshilgan naflilik nazariyasining mazmuni bilan IV-bobda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu nazariya yordamida iste`molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal kwrishi qoidalari bayon etiladi.
Agar naflilikka iste`molchi wlchami bilan qaralsa, u iste`molchining biron-bir ne`matni iste`mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste`molchi tomonidan wzi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste`molchining afzal kwrishi deyiladi.


2. Naflilik funksiyasi. Yalpi va chekli naflilik.
Naflilik (Utility) – tovar va xizmatlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qondirilishini ta’minlash, ya’ni ularning qanoatlantirish manbai bo‘lish xususiyati hisoblanadi.
Naflilik – jamiyat yoki biror bir shaxsni ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatidir. Tovar va xizmatlarning nafliligi ularning sifati bilan bog‘­liq. Sifat ko‘rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: sog‘liqqa foydali­ligi, dizaynining estetik chiroyi, foydalanish osonligi, uzoq mud­datliligi, qulayligi, individualligi, xavfsizligi, yuqori statusga ega ekanligi va b.
Bozordagi iste’molchilarning xatti-xarakatiga qarab naflilikni ikki xil tahlil qilish mumkin. Bu o‘z navbatida ikki xil yondashuvni kelib chiqishiga ham sabab bo‘lgan. Birinchisi, naflilikni son jihatdan o‘l­chab tahlil qilish, ikkinchisi, naflilikni son jihatdan o‘lchab emas, bal­ki tabaqalashtirish orqali, ya’ni yuqori va quyi naflilik, eng yaxshi va eng yomon naflilik va x.k.
Ma’lumki, iste’molchi bozorga chiqar ekan, u bir qancha turdagi tovar va xizmatlarga duch keladi.

Download 71.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling