Iste'molchining bozordagi harakati
Download 71.51 Kb.
|
Iste\'molchining bozordagi harakati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chekli naflilik ( Mariginal utility )
Yalpi naflilik (Total utility) – ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir tovar yoki xizmatni iste’mol qilish natijasida olinadigan yalpi qondirish.
Naflilik funksiyasi – iste’molchining individual istagini aniqlab beruvchi iste’mol xajmi va yalpi naflilik o‘rtasidagi son jihatdan bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Naflilik funksiyasi iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar xajmi bilan, u ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi. Naflilik funksiyasi orqali nafaqat umumiy naflilikni ifodalash mumkin balki, ketma-ket ne’matdan qo‘shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida oladigan qo‘shimcha o‘sgan naf miqdorini ifodalovchi, chekli nafni ham aniqlash mumkin. Chekli naflilik (Mariginal utility) – bir birlik qo‘shimcha iste’mol natijasida olinadigan qo‘shimcha naflilikdir. Iste’molchilik tanlovining to‘g‘rilik tamoyili bu yalpi va me’yoriy naflilik emas, balki, bir so‘m xarajatga to‘g‘ri keladigan me’yoiy naflilikdir. Naflilik funktsiyasi ma`lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq kwrsatkichlarda wlchashning ahamiyati bwlmay, iste`molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir twplamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini kwrsatib berish mumkin emas. Naflilik funktsiyasi iste`mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi: So’nggi qwshilgan naflilik – muayyan ne`matning navbatdagi birligini iste`mol qilishdan olingan qwshimcha naflilikdir. Swnggi qwshilgan naflilik umumiy naflilikning wsgan qismidan iborat ekan, u naflilik funktsiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne`mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bwladi. Ne`matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «swnggi nusxasi» mavjud bwladi. So’nggi qwshilgan naflilik pasayib borish tendentsiyasiga ega bwlib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste`molchining holatidan kelib chiqilsa, ne`matlarni iste`mol qilish hajmining kwpayib borishi bilan, ma`lum vaqtdan boshlab, muayyan ne`matning navbatdagi birligini iste`mol qilishdan olingan qwshimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi. Kishi qanchalik kwp miqdordagi tovarni iste`mol qilsa, u shunchalik kwp yalpi naflilikka ega bwladi. Yalpi (umumiy) naflilik swnggi qwshilgan naflilik kwrsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi. Agar iste`molchi manfiy swnggi qwshilgan naflilikka ega bwlsa, u holda yalpi naflilik kamayadi. Download 71.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling