Iste'molchining bozordagi harakati


Iste’molchining optimal tanlovi


Download 71.51 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi71.51 Kb.
#1557926
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iste\'molchining bozordagi harakati

4. Iste’molchining optimal tanlovi
Iste’molchi nimani afzal ko‘rishi va byudjet chegaralanishini ko‘­rib chiqildi, endi ayrim iste’molchilar har bir tovar turidan qanchasini xarid etish uchun ularni tanlab olishini ko‘rishimiz mumkin. Iste’­molchilar o‘z tanlovini oqilona bajaradilar deb taxmin qilamiz. Bu bilan iste’molchilar mavjud va chegarali byudjetiga qarab tovarlarni o‘z ehtiyojlarini maksimal ravishda qondira oladigan qilib tanlaydilar. Iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamining optimal tanlovi ikki talab­ga javob berishi lozim. Birinchidan, tanlov byudjet chizig‘ida bo‘lishi bo‘lishi mumkin. Ikkinchi muhim sharti, iste’mol tovarlari va xizmat­larning optimal to‘plami imte’molchilarga ular eng ma’qul ko‘rgan kombinatsiyada yetkazib berilishi lozim.
Iste’molchilik xatti-harakati qoidasi – bir tovarga sarflangan pul qiymati hisob-kitobining yuqori foydaliligi, boshqa tovarga sarflangan pul qiymatining yuqori foydaliligiga teng bo‘lsa optimumga intiladi.
Iste’molchilik muvozanati iste’molchining byudjet harajatlari tarkibi, unga xarid qilingan jami iste’mol ne’matlari to‘plamidan katta umumiy foydalilikni ta’minlovchi holatdir.
Iste’molchining yalpi nafliligini maksimallashtiruvchi tovarlar yig‘imi iste’molchining optimal nuqtasi hisoblanadi.
Ideal rasional iste’molchiHomo economicus (tejamkor kishi) – shaxsiy afzalliklari tizimini mutlaqo aniq biladigan, barcha muqo­billarni hisobga oladigan va o‘zi uchun maksimal foyda olish tamo­yiliga muvofiq holda qaror qabul qiladigan kishi.
Bu rejaning ham maqsadi iste’molchi qanday qilib tanlov amalga oshirishini tushuntirish hisoblanadi. Bizda analiz uchun ikki muhim manbaa mavjud: iste’molchining moliyaviy ahvoli (u qancha pul sarflay oladi) va iste’molchining xohishlari (u nimaga pulini sarflaydi). Endi biz ushbu ikki qismni birlashtirib, iste’molchining nima xarid qilish haqidagi qarorini tahlil qilamiz.
Iste’molchining eng qulay tanlovi O'zimizning qadrdon Pepsi va pitsamizni yana bir marotaba “davraga taklif etamiz”. Iste’molchi o'zi uchun eng yaxshi bo'lgan Pepsi va pitsa xaridi variantiga to'xtashi mimkin - bu uning eng so'ngi tanlovi bo'ladi. Ammo. iste’molchi o'z budjet sig'imiiga ham qarashi kerak. Chunki bu uning yagona moliyaviy o'lchov manbaasi hisoblanadi.
Pitsa miqdori, Oltinchi chizma iste’molchining budjet sig'imii va befarqlik egri chizig'i variantlaridan uchtasi tasvirlangan. Iste’molchi yetishishi mumkin bo'lgan eng befarqlik egri chizig'i variant bu chizmada uning budjet sig'imiiga tekkan nuqtadir (asimptota o'qi). Budjet sig'imii va befarqlik egri chizig'i kesishgan nuqta optimal nuqta deyiladi. Iste’molchi A nuqtani afzal ko'rishi mumkin, ammo, budjet taqchilligi bois u nuqtag “chiqa olmaydi”. Iste’molchi B nuqtani ham tanlashi mumkin, bu nuqtada befarqlik egri chizig'imavjudm lekin bu nuqta uni qoniqtirmaydi. Optimal nuqta Pepsi va pitsaning eng zo'r kombinatsiyasi mavjud bo'lgan nuqta hisoblanadi.
Eslab qoling: optimal nuqtada befarqlik egri chizig'I va budjet sig'imiteng bo'ladi. Biz befarqlik egri chizig'ini urinma, budjet sig'imini o'zgarmas deb olamiz. Urinish nuqtasi Pepsi va pitsa o'rtasida ham budjet tomonidan, ham qoniqish tomonidan eng befarqlik egri chizig'i. Xullas, iste’molchi ikki xil tovarni tanlaydi, shuning uchun befarqlik egri chizig'i nisbiy qiymatga ega bo'ladi.
Yettinchi bo'limda biz bozor narxlari iste’molchining mahsulotlarga munosabatini ko'rib o'tgan edik. Iste’molchi tanlovini tekshirish ba’zi xulosalarning aslida boshqachaligini ko'rsatmoqda. Tanlovni amalga oshirishda iste’molchi narxlami ko'rib chiqadi songra, befarqlik egri chizig'ibilan nisbiy narx to'g’ri keladigan optimal variantni tanlaydi. Nisbiy narx bu bozor sotishiga, iste’molchi esa xarid qilishiga mos bo'lgan narx hisoblanadi. Iste’molchining budjeti optimal qiymatida bozorning narx taklifi va iste’molchi sig'imi tengbo'ladi. Iste’molchi budjet optimali tufayli bozor narxlari iste’molchi xarid qila olishi mumkin bo'lgan tovarlar sonini cheklaydi.
Iste’molchi daromadining o'zgarishi uning tanloviga qanday ta’sir ko'rsatadi?
Yuqorida biz iste’molchi qanday qilib talov amalga oshirishi haqida gaplashdik, keling endi ushbu tanlovga uning oylik kirimi qanday ta’sir ko'rstishini muhokama qilamiz. Aniqlikka erishish uchun, tasavvur qiling, iste’molchi kirimi o'sib bormoqda. Yirikroq daromad evaziga, iste’molchi ikkala tovar (Pepsi va pitsa)dan ko'proq xarid qila oladi. Kirimdagi o'sish 7-chizmada ko'rsatilgandek, tashqi tomondan budjet sig'imini siljitadi.


Download 71.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling