Istijorat tashkilotlarida maqsadli tushumlar auditini tashkil etish
Download 27.56 Kb.
|
13. Istijorat tashkilotlarida maqsadli tushumlar auditini tashkil etish
1-jadval.
Korporativ ustavga yoki qarz kelishuvlariga rioya qilinmaslik nuqtai nazaridan odatda barcha e’lon qilingan hamda to’langan dividendlar tekshiriladi. Yuqorida aytilgandek, agar korxonada mustaqil dividend agent mavjud bo’lsa auditor ulardan olgan ma’lumotini dalil sifatida ishlatishi mumkin. Yoki ushbu summani direktorlar kengashi hujjatlarida ko’rsatilgan summalar bilan solishtirib, yoki o’zi e’lon qilingan dividendlarni qayta hisoblab ko’rishi mumkin. Agar auditor mijoz korxonadagi dividendlar to’lanishi yuzasidan nazorat tizimi ishonchli emas deb hisoblasa, har bir dividend oluvchi aktsiyadordan buxgalteriya kitoblaridagi va hujjatlaridagi summalarning to’langanligi haqida so’rashi mumkin. Shuningdek, auditor dividendlar to’lanishidagi cheklovlarning hujjatlarga qay darajada muvofiqligini ham o’rganib chiqishi kerak bo’ladi. Taqsimlanmagan foyda auditi. Korxonalarda taqsimlanmagan foyda foydadan ajratma, yoki joriy yil yo’qotishlari, pul ko’rinishida yoki dividend ko’rinishida kiritilishi mumkin. Buxgalteriya standartlariga muvofiq bir qancha operatsiyalar borki, ular to’g’ridan to’g’ri taqsimlanmagan foyda bilan bog’liqlikda amalga oshiriladi. Shuning uchun taqsimlanmagan foydani tekshirishda qo’shimcha audit amallarini bajarishga to’g’ri keladi. Taqsimlanmagan foydadan rezerv kapitalini shakllantirish, rezerv kaitalidan imtiyozli aktsiyalarga dividendlar to’lash bu kabi operatsiyalar jumlasiga kiradi. Taqsimlanmagan foyda auditi shu schet bo’yicha faoliyatlar garfigini o’rganishdan boshlanadi. Davr boshidagi qoldiq hujjatlar bilan muvofi kelishi kerak. Foyda va zararlar to’g’risida hisobot tuzilgunga qadar bo’lgan foyda va xarajatlar qadamba qadam o’rganilishi maqsadga muvofiq. Barcha e’lon qilingan dividendlar miqdori hujjatlar bilan solishtirilib o’rganiladi. Nihoyat, taqsimlanmagan foyda bilan bog’liq barcha izohlar va ochib berishlar zarur punktlarda yozilishi, tushuntirilishi kerak. Masalan, ko’pgina qarz majburiyatlari dividend sifatida to’lanishi mumkin bo’lgan taqsimlanmagan foydani cheklaydi. Download 27.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling