Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 163.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana19.04.2023
Hajmi163.7 Kb.
#1367151
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
uLlL3hr6x2uUAsn4xW8EKoHRjVuyTDHR2LR5aW9H

Odam salomatligi
1. Kasalliklarning sabablari, yuqishi, oldini olish va ularga chidamlilik: 
A.Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan kasalliklar (masalan, gripp, qizamiq, bezgak, 
OIV)ning sabablari, yuqishi va oldini olish usullarini tasvirlash. 
B. Kasallikka chidamlilik va kasallikni yengishda immunitetning ahamiyatini 
tasvirlash (ya’ni, qondagi antitelolar tananing infeksiyaga qarshi kurashiga yordam 
beradi va oq qon tanachalari infeksiyaga qarshi kurashadi). 
2. Parhez, jismoniy mashqlar va turmush tarzini tanlashning ahamiyati: 
A. Sog‘liqni saqlash va kasallikning oldini olishda parhez, jismoniy mashqlar va 
turmush tarzini tanlashning ahamiyatini tushuntirish (masalan, yurak kasalligi, qon 
bosimining oshishi, diabet, teri saratoni, o‘pka saratoni).
B. To‘g‘ri ovqatlanishda oziq moddalarining manbalari va ahamiyatini bilish 
(masalan, vitaminlar, minerallar, oqsillar, uglevodlar va yog‘lar). 
Kognitiv soha: 4- va 8-sinflar 
Kognitiv o‘lchov TIMSS 2019 uchun ishlab chiqilgan topshiriqlarni bajarishda 
amalga oshiriladigan aqliy jarayonlarni tasvirlaydigan uchta sohaga bo‘linadi: bilish, 
qo‘llash, mulohaza yuritish. 


Bilish 
Ushbu sohadagi test topshiriqlari o‘quvchilarning faktlar, munosabatlar, 
jarayonlar, tushunchalar va jihozlar to‘g‘risidagi bilimlarini baholaydi. Aniq va keng 
qamrovli faktlarga asoslangan bilimlar o‘quvchilarga ilmiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan 
yanada murakkab bilish faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi. 
Yodga olish / 
Aytib berish 
Faktlar, munosabatlar va tushunchalarni aniqlash yoki bayon 
etish; muayyan organizmlar, moddalar va jarayonlarning 
xususiyatlarini aniqlash; ilmiy metodlar va jihozlardan 
maqsadga muvofiq foydalanishni aniqlash; ilmiy lug‘at, 
belgilar, qisqartmalar, birliklar va shkalalarni bilish va ulardan 
foydalanish. 
Tasvirlash 
Organizmlar va moddalarning xususiyatlari, tuzilishi va 
funksiyalari hamda organizmlar, moddalar, jarayonlar va 
hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarning tavsiflarini ta’riflash 
yoki aniqlash. 

Download 163.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling