Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Hujayralar va ularning funksiyalari


Download 163.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana19.04.2023
Hajmi163.7 Kb.
#1367151
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
uLlL3hr6x2uUAsn4xW8EKoHRjVuyTDHR2LR5aW9H

Hujayralar va ularning funksiyalari
1. Hujayralarning tuzilishi va funksiyalari: 
A. Tirik mavjudotlar hayotiy funksiyalarni bajaradigan va bo‘linish orqali 
ko‘payadigan hujayralardan tashkil topganligini tushuntirish. 
B. Hujayraning asosiy strukturalarini bilish (masalan, hujayra devori, hujayra 
membranasi, yadro, xloroplast, vakuola, mitoxondriya) va ushbu strukturalarning asosiy 
funksiyalarini tavsiflash. 
C. Hujayra devori va xloroplastlar o‘simlik hujayralarini hayvon hujayralaridan 
farqlashini bilish. 
D. To‘qimalar, organlar, organ sistemalari ixtisoslashgan strukturalar va 
funksiyalarga ega bo‘lgan hujayralardan hosil bo‘lganligini tushuntirish. 
2. Fotosintez va hujayraning nafas olish jarayonlari: 
A. Fotosintezning mohiyatini tavsiflash (ya’ni, yorug‘lik, karbonat angidrid, suv, 
xlorofillning zarurligi; glyukoza/shakar hosil bo‘lishi va kislorod ajralib chiqishi). 
B. Hujayraning nafas olisihini tavsiflash (ya’ni, kislorod va glyukoza / shakarning 
zarurligi; energiya ishlab chiqarishi va karbonat angidrid, suv ajratib chiqarishi). 
Hayotiy sikllar, ko‘payish va irsiyat 
1. Hayotiy sikllar va rivojlanish qonuniyatlari: 
A.Turli xil organizmlar (ya’ni, sutemizuvchilar, qushlar, amfibiyalar, hasharotlar, 
o‘simliklar)ning hayot sikllari, o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini taqqoslash. 
2. O‘simlik va hayvonlarning jinsiy ko‘payishi, irsiyat: 
Jinsiy ko‘payish urug‘ hujayrasi tuxum hujayrani urug‘lantirishi va ota-onaning 
hech biriga aynan o‘xshamagan nasllarni vujudga keltirishini o‘z ichiga olishi, 
belgilarning irsiylanishi organizmlarning genetik materialni nasldan-naslga o‘tkazishi 
bilan bog‘liqligini bilish. 
B. Organizmlarning xususiyatlari DNKda kodlanganligini bilish; DNK har bir 
hujayraning yadrosidagi xromosomalarda joylashgan genetik ma’lumot ekanligini bilish. 


C. Irsiylanadigan belgi-xususiyatlarni hayotda orttirilgan belgi-xususiyatlardan 
farqlash. 

Download 163.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling