Istisno qilinadigan holatlarni qayta ishlash


Download 0.64 Mb.
bet1/2
Sana17.09.2020
Hajmi0.64 Mb.
#130015
  1   2
Bog'liq
Aripov.M.M.Dasturlash asoslari 0001


ISTISNO QILINADIGAN HOLATLARNI QAYTA ISHLASH

Xatoliklarni qayta ishlashning umumiy mexanizmi.


Ayrim hollarda dastur kutilmagan bir qator vaziyatlar ro‘y berganda o‘z vazifasini bajara olmay qolishi mumkin. Nolga bo‘linish, mavjud bo‘lmagan xotira qismiga murojaat qilish mumkin bo‘lgan ana shunday holatlardan sanaladi.

Istisno qilinadigan holatlar (sodda qilib xatoliklar deb aytish mumkin) — bajarilishi jarayonida oldindan kutilmagan holatlar yuzaga kelganda dastur o‘z ishini davom ettirishini ta’minlashdan iborat.

C++ tili istisno qilinadigan holatlar sodir bo‘lganda dastur o‘zini qanday tutishini belgilab qo‘yish uchun dasturchilarga bir qator vositalarni taklif qiladi.

Ma’lumki, xatoliklar ikki turga bo‘linadi: kompilatsiya vaqtidagi va dasturni bajarish vaqtidagi xatoliklar. Odatda 1-turdagi xatoliklarni kompilyator aniqlab beradi, 2-tur xatoliklami esa faqat dastur bajarilayotgan vaqtda aniqlash mumkin, xolos. 2-tur xatoliklar yuzaga kelganda dastur o‘z ishini to‘xtatib qo‘yadi. Dasturchi buning oldini olishi, ya’ni dastur har qanday holda ham o’z ishini davom ettirib, kutilgan natijani berishini ta’minlashi lozim. Boshqacha aytganda, bajarish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xatoliklarni nazarda tutishi va ularning har biri sodir bo‘lganda dasturning javob reaksiyasini belgilab qo‘yishi talab qilinadi.

Dastur ishlab chiqish jarayonida dasturchi xatoliklar yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha holatlarni nazorat qilishi lozim. Bunday holatlar try bilan boshlanadigan nazorat bloklarida qayta ishlanadi.

Istisno qilinadigan holatlarni qayta ishlash xato yuzaga kelganidan keyin boshlanadi. Bu jarayonni tashkil qilish uchun throw operatoridan foydalaniladi.

Dastuming javob reaksiyasi xatolikni qayta ishlagichlar yordamida ta’minlanadi. Agar dasturning ularga mos javob reaksiyasi belgilanmagan bo‘lsa, standart terminate funksiyasi ishga tushadi va u hisoblash jarayonini to‘xtatish uchun abort funksiyasini chaqiradi. Dasturchi mana shunday hollarda jarayonni to‘xtatish uchun shaxsiy funksiyalarini ishlab chiqishi mumkin.

Istisno qilinadigan holatlar sintaksisi
Istisno qilinadigan holatlarni nazorut q iluvchi blok try so’zi bilan boshlanadi va fıgurali qavslar orasida yoziladi.

Try

{

...

}

Istisno qilinadigan holatlami aniqlash throw xizmatchi so'zi


yordamida amalga oshiriladi:

throw [ifoda];

Throw dan keyin ko‘rsatilgan ifodaning tipi xatolik tipini aniqlab beradi. Xatolikni qayd etish vaqtida joriy blokni bajarish jarayoni to“xhtatiladi va boshqaruv unga mos qayta ishlagichga uzatiladi.

Yuzaga kelgan xato[ikni to‘g‘ri qayta ishlash har doim ham

muinkin bo‘lavermaydi. Ayrim hollarda bir nazorat blogi ikkinchisining ichida kelishi mumkin. Bunday holda boshqaruv parametrsiz throw yordamida tashqi qayta ishlagichlarga uzatiladi.

Xatoliklarni qayta ishlagichlar catch xizmatchi so‘zi bilan boshlanib, qavslar ichida istisno qilinadigan holatlar tipi ko‘rsatiladi. Ular bevosita try blogidan keyin yoziladi. Qayta ishlanayotgan xatoliklarning tipiga mos ravishda bir yoki bir nechta qayta ishlagichlardan foydalanish mumkin.

Qayta ishlagichlarni umumiy holda quyidagi ko‘rinishlardan

birida yozish mumkin:



catch(tip nom)( ... /* qayta islılagich*/) catch(tip1{ ... /* qayta ishlagich * } catch(...){ ... ,/* qayta ishlagich */ }

1-shakl parametr nomi qayta ishlagichda qandaydir amallami bajarishni tashkil qilishga to’g‘ri kelganda (masalan, xatolik haqida axborotni ekranga chiqarilganda) qo’llanadi. Ikkinchi shakl esa xatolik haqida axborot bcrishni nazarda tutmaydi. Uchinchi shakldagi uch nuqta qayta ishlagich hamma xatoliklari tutib qolishini anglatadi. Masalan:

catch (int i)

{

int tipidagi xatolikni qayta ishlash



}

catch (const char *)

{

... // const char* tipidagi xatolikni qayta ishlash



}

catch (overflow)

{

... // Overflow klassidagi xatoliklami qayta ishlash



}

catcht...)
... // ko‘zda tutilmagan barcha xatoliklanıi qayta ishlash

Qayta ishlash tugaganidan so‘ng boshqanıv bevosita qayta ishla- gichdan keyin ko‘rsatilgan birinchi operatorga uzatiladi. F blogida ko‘rsati1gan xatoliklar ro‘y bermaganda ham boshqaruv aynan shu operatorga o‘tadi.


Xatoliklarni tutib qolish
Throw operatori yordamida istisno qilinadigan holatlar qayd

qilinganda C++ quyidagi amallarni bajaradi:



  1. throw parametrini statik obyekt sifatida nusxasini oladi va istisno qilinadigan holatlar qayta ishlanmaguncha saqlab turadi:

  2. mos qayta ishlagichni qidirib, steklarni aylantirib ko‘rib chiqadi va amal qilish doirasidan chetga chiqqan lokal obyekılaminp dcsıruktorlarini chaqiradi;

  3. boshqaruvni shu obyekt biran tipi bir xil bo’lgan parametrli qayta ishlagichga uzatadi.

Qaşaa ishlagich topilgan hisoblanadi, agar throw dan keyin ko‘rsatilgan obyektniııg tipi:

    1. catch ning parametrida ko'rsatilgan bo’lsa ( parametr T, const T, T& yoki const T& shaklida yozilgan bo‘lishi mumkin. Bu yerda (T— xatolik tipi);

    2. catch paraınetrining hosilasi bo‘lsa (agar vorislik public kaliti bilan hosil qilingan bo‘lsa);

    3. tipini standart tiplami almashtirish qoidalari yordamida catch parametridagi ko‘rsatkich tipiga keltirish mumkin bo’lgan ko‘rsatkichlar.

Ko'rinib turibdikı, klass hosilalari qayta ishlagichlarini bazaviy

qayta ishlagichlardan oldinroq joylashtirish lozim, aks holda boshqaruv hech qachon ularga o‘tmaydi. Von:1 tipidagi ko‘rsatkichlami qayta ishlagichlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa tipdagi ko'rsatkichlarni to'sib qo‘yadi va shu sababli uni barcha konkret tipli qayta ishlagichlardan keyin ko‘rsatish lozim.



Quyidagi dasturga e’tibor bering.



Ushbu dastur quyidagi natijani huı1ı‹li:

Try — btokka kirish

Hello!


Istisnoni qayd qilaıniz

Bye!


Const char* istisnoni qavta ishlagich chaqirildi – Faylni

ochishdagi xatolik

E’tibor bering, xatolik yuz bergandan keyin lokal obyektning destruktorlari clıaqirildi, ammo bu vaqtdu boshqaruv f1 dan main funksiyasida turgan qayta ishlagichga uzatildi. “Try-blokdan chiqish” axboroti ekranda chiqarilmadi. Dasturda fayllar bilan ishlash uchun oqimlardan foydalanildi.

Shunday qilib, istisnolarni qayta ishlash mexanizmi xatoliklar yuz berganda obyektlami yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun resurslarni ajratish va bo‘shatish amalini klasslar ko‘rinislıida (konstruktor tashkil qiladi, destruktor esa bo‘shatadi) tashkil qilish maqsadça rnuvofiq hisoblarıadi. Misol tariqasida fayliar bilan ishlash uchun klassni keltirish mumkin. Bu klassning konstruktori faylni ochadi, destruktor esa yopadi. Albatta bu holda xatolik yuz berganda faylni yopish to‘g'ri tashkil qilinadi va undagi ma’lumotlari yo‘qolmaydi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, istisno qilinadigan holatlar standart tipda ham, foydalanuvchi aniqlagan tipda ham bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda bu tipni global e’lon qilish shart emas va xatolikni qayd qilish hamda ulami qayta ishlash vaqtida ma’lum bo‘lsa yetarli.

Istisno qilinadigan holatlami ifodalovclıi klasslami istisnolami qayta ishlash vaqtida yuzaga kelıshi mumkin bu“lgan klasslar ichida c’lon qilish mumkin. Bu klassning ko‘chirish konstruktori public tarzida e’lon qilinishi shan, aks holda xatolikni qayd qilish vaqtida obyektning nusxasini yaratish mumkin bo‘lmay qoladi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling