It olamidagi mening o’rnim


Download 300.85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.12.2022
Hajmi300.85 Kb.
#1038962
Bog'liq
Bayotbek IT olam



IT olamidagi mening o’rnim 
Hozirgi kunda IT sohasi eng rivojlanib borayotgan kasblardan biridir. Men ham hozirda IT 
sohasiga asoslangan TATU Farg’ona filialida o’qiyapman. Kelajakda men ham mana shu IT 
sohasini mukammal o’rganib eng kuchli dasturchilardan biri bo’lmoqchiman. Oliy o’quv
yurtida o’qish jarayonining o’zidayoq dasturchilikni mukammal o’rganib, o’zim katta dasturlar 
yaratmoqchiman. Bu yerni bitirgach, o’zimga o’xshagan kuchli dasturchilarni bir joyga yig’gan 
holda, “ IT markaz” ochmoqchiman. U yerda inson turmush tarzini osonlashtiruvchi dasturlarni 
ishlab chiqmoqchiman. Ushbu ishimni rivojlantirganimdan so’ng esa, o`zimning shaxsiy 
kompaniyamga asos solaman. Bu kompaniyamda o’zimning “IT markaz” imda yaratilgan 
dasturlar asosida hayotimiz davomida kerak bo’ldigan robotlar, mashinalar yaratmoqchiman. 
Kompaniyamni davlatimiz bo’ylab o’z nomini tanitganimdan so’ng, boshqa chel ellarda, yevropa 
mamlakatlarida ham o’z kompaniyam filiallarini ochaman. Bu esa ko’plab ishsiz o’tirganlarni ish 
bilan ta’minlash demakdir. O’ylaymanki, mening kompaniyamda ishlab chiqarilayotgan robot va 
mashinalar inson hayotiga katta o’zgarish olib keladi. Bu kompaniyam nomini esa, o’z ismim 
bilan nomlayman. Sababi men o’z ismimni tarixda qoldirmoqchiman. Xuddi tarixda o’zidan 
o’chmas iz qoldirgan shaxslar kabi. 

Download 300.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling