ЎҚитиш методлари


Download 258.5 Kb.
bet17/52
Sana08.01.2022
Hajmi258.5 Kb.
#246620
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Bog'liq
65 та ЎҚИТИШ МЕТОДЛАРИ lotincha

13. “To‘rt pog‘onali” metod– amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonining to‘rt pog‘ona doirasida kechadigan metoddir.

Bu metod ta’lim oluvchilarga bir xilda takrorlanadigan qo‘l ko‘nikmalarini tez va mukammal o‘rganib olishlariga yordam beradi. “To‘rt pog‘onali” metod qo‘llanilganda, ta’lim oluvchilar iloji boricha oddiy operatsiyalar bilan tanishtiriladi, so‘ng uni takrorlaydilar va to mukammal o‘zlashtirmaguncha mashq qiladilar. Ushbu metod quyidagi bosqichlardan iborat:



  • tushuntirish;

  • nima qilish kerakligini ko‘rsatib berish;

  • ko‘rsatilgan tarzda qaytarish;

  • mashq qilish.

Muhandis-pedagog faoliyati:

  • tushuntirish;

  • ko‘rsatib berish;

  • atolarni tuzatish;

  • baholash.

Ta’lim oluvchi faoliyati:

  • tinglash;

  • kuzatish;

  • takrorlash;

  • mashq qilish.

To‘rt pog‘onali” metodning bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. “Tushuntirish” bosqichida muhandis-pedagog ta’lim oluvchilarga avval oddiy operatsiya bosqichini tushuntirib beradi.

  2. “Nima qilish kerakligini ko‘rsatib berish” bosqichda muhandis-pedagog ta’lim oluvchilarga topshiriqni qanday bajarish kerakligini amalda ko‘rsatib beradi.

  3. Uchinchi bosqichda ta’lim oluvchilar muhandis-pedagog ko‘rsatgan ish harakatlarini takrorlaydi. Muhandis-pedagog ta’lim oluvchilar bajarayotgan harakatlar yuzasidan o‘z fikrini bildirib, xatolarini to‘g‘rilab turadi.

  4. “Mashq qilish” bosqichida ta’lim oluvchilarning hatti-harakati muhandis-pedagog tomonidan nazorat qilib boriladi. Ta’lim oluvchilar ish amallarini mukammal o‘zlashtirganlaridan so‘ng, uni mustaqil bajaradilar.

“To‘rt pog‘onali”metodning asosiy belgisi-ta’lim oluvchilarning harakatlari muhandis-pedagog ko‘rsatib bergan harakatlar loirasi bilan cheklanganligidadir.

“To‘rt pog‘onali” metodning afzalliklari:



  • ta’lim oluvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda yordam beradi;

  • vaqtdan unumli foydalanish imkoniyati mavjud;

  • oddiy ish bosqichlarini o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘ladi.

To‘rt pog‘onali” metodning kamchiliklari:

  • ta’lim oluvchilarning harakatlari ta’lim beruvchi ko‘rsatib bergan harakatlar doirasi bilan cheklanib qoladi;

  • ta’lim oluvchilar yakka tartibda o‘rganishga yo‘naltiriladilar, lekin mustaqil fikrlash imkoniyati chegaralangan bo‘ladi;

  • ish bosqichlarini amalga oshirishda hech qanday yangicha yondashuvlarga yo‘l qo‘yilmaydi.



14. Laboratoriya metodi


Laboratoriya metodi – bu shunday ta’lim metodiki, unda ta’lim oluvchi o‘qituvchi rahbarligida oldindan belgilangan reja asosida tajribalar o‘tkazadi yoki amaliy vazifalarni bajaradi va shu jarayonda yangi bilimni anglaydi va tushunib yetadi.

Laboratoriya metodining asosiy funksiyasi - o‘rgatish va rivojlantirishdan iboratdir.

Bu metodni qo‘llash bilan, biz ta’lim oluvchilarni quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlaymiz:


  • asbob-uskunalardan foydalanish ko‘nikma va malakalarini egallash;

  • mustaqil tadqiqotning yangi yo‘llarini tanlash va ma’lum bo‘lganlarini tekshirish;

  • amaliy malakalarni egallash: o‘lchash va hisoblash, natijalarni qayta ishlash va igarigi olinganlari bilan taqqoslash.

Ayniqsa, muammoli (tadqiqiy) laboratoriya metodi samaralidir, bunda ta’lim oluvchilar o‘zlari gipotezani ilgari suradilar, uni amalga oshirish yo‘lini aniqlaydilar, kerakli asbob-uskunalar va materiallarni tanlaydilar.

Laboratoriya ishi vaqtida ta’lim oluvchilardan namoyish metodiga qaraganda ancha katta faollik va mustaqillik talab qilinadi, ular bu yerda sust kuzatuvchi bo‘lib emas, tadqiqotlarning qatnashchisi va bajaruvchisi sifatida harakat qiladilar.

Laboratoriya metodi murakkabdir. U, maxsus va ko‘pincha qimmat uskunalar bo‘lishini, sizni va ta’lim oluvchilarni puxta tayyorgarlik ko‘rishini talab qiladi. Undan foydalanish juda ko‘p energiya va vaqtni sarflash bilan bog‘liq. Shuning uchun, laboratoriya metodini rejalashtirgan paytingizda, mustaqil tadqiqotning samarasi, oddiy va tejamkor yo‘l bilan ta’lim olishdan yuqori bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga aniq ishonch hosil qilishingiz kerak.

15. Suhbat


Suhbat – o‘qitish va o‘qishning dialogik, savol-javob metodi.

Bu metodning yetakchi funksiyasi – motivatsiya qilish: aniq maqsadni ko‘zda tutadigan va mohirona qo‘yilgan savollar yordamida siz ta’lim oluvchilarni o‘z bilimlarini berilgan mavzu bo‘yicha esga olish va bayon etishga, sizning rahbarligingizda boshqa ta’lim oluvchilar bilan muhokama qilishga undaysiz.

Ta’lim oluvchilar, siz bilan birga, qadamma-qadam yangi bilimlarni mustaqil fikrlash, xulosa chiqarish, yakunlash va umumlashtirish yo‘li bilan o‘zlashtiradilar va tushunadilar.

Suhbatning afzalligi yana shundan iboratki, u, fikr yuritishni maksimal faollashtiradi, ta’lim oluvchining bilim olish kuchini taraqqiy ettirishga imkon beradi.

Belgilangan maqsadi bo‘yicha suhbatlar quyidagilarga bo‘linadi:


  • kirish yoki tashkil qiluvchi (didaktik vazifasi: ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotda ishlashga tayyorlash);

  • yangi bilimlardan xabardor qilish (didaktik vazifasi: ta’lim oluvchilarni yangi material bilan tanishtirish);

  • sintezlovchi yoki mustahkamlovchi (didaktik vazifasi: ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni tizimlashtirish, mustahkamlash, eslab qolish va anglash).



Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling