ЎҚитиш методлари


Download 258.5 Kb.
bet21/52
Sana08.01.2022
Hajmi258.5 Kb.
#246620
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
Bog'liq
65 та ЎҚИТИШ МЕТОДЛАРИ lotincha

21. Blum savollari. Ta’lim oluvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning muxim omili – o‘qituvchining ularga va ta’lim oluvchilarning o‘zaro bir – biriga beradigan savollari ekan. Ta’kidlanishicha, o‘qituvchilarni ta’lim oluvchilarga bergan savollarining 80 – 85 foizi, faqat daliiliy bilimlarnigina talab qilib, ular javob berishda xotirada qolganlarini takroran so‘zlash (bashorat) bilangina cheklanar ekanlar.

To‘g‘ri javobi o‘quv adabiyotlarida yaqqol bayon etilmagan yoki o‘qituvchi tomonidan aytib berilmagan savolgina ta’lim oluvchini fikrlashga majbur qiladi. Bunday savollarga jahon pedagogikasida “Blumb savollari” nomi bilan mashxur va o‘zlashtirishning oltita; bilish, tushinish, qo‘llash, tahlil, sintez va baholashdarajalariga muvofiq bo‘lgan savollar misol bo‘lishi mumkin. Masalan: “nima uchun?”, “taqqoslang?”, “tarkiby qismlarga ajrating?”, “eng muxim xususiyatlari nima?”, “buni siz qanday hal qilgan bo‘lardingiz?”, “bunga munosobatingiz qanday?”, kabi savollar ta’lim oluvchilarga yuqori intellektual amallar (tahlil, sintez, baholash) darajasida fikrrlashga undaydi. Yoki, matndan parcha o‘qib bo‘lgandan so‘ng, ta’lim oluvchilarni fikrlashga undovchi quyidagi savollarni berish ham maqsadga muvofiqdir: “bu parchaga qanday savolar qo‘yish mumkin?”, “siz muallifga qanday savol bergan bo‘lardingiz?”.

Ta’lim oluvchining ta’lim oluvchilarga beradgan savollari to‘g‘risida fikr yuritilar ekan, uning aniq, lo‘nda,, tushunarli va ixcham bo‘lishi hamda bir savol faqat bitta o‘quv elementi (tushuncha, qonun, qoida va h.q.) so‘ralishi zarurligini alohida ta’kidlash lozim. Berilgan savollar mazmunida mavzuga yoki matnga oid tayanch so‘z va iboralardan foydalanish ham muhimdir.


Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling