ЎҚитиш методлари


“Muammoli vaziyat” metodi


Download 258.5 Kb.
bet24/52
Sana08.01.2022
Hajmi258.5 Kb.
#246620
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
Bog'liq
65 та ЎҚИТИШ МЕТОДЛАРИ lotincha

24. “Muammoli vaziyat” metodi.

Muammoli vaziyat” metodi – ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir.

“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. “Muammoli vaziyat” metodi qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadilar.

“Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi quyidagicha:



  • Muammoli vaziyat tavsifini keltirish:

  • Guruhlarga bo‘lish;

  • Guruhlarning muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlash:

  • Guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritishi;

  • Guruhlarning muammoli vaziyatning yechimini ishlab chiqish;

  • To‘g‘ri yechimlarni tanlash.


Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling