33. Asoslovchi esse – bu shunday esse – ki, unda esse muallifi biror mavzu bo‘yicha muayyan nuqtai – nazarga ega bo‘lib, esse mazmunida uni himoya qiladi, buning uchun bir qator asoslovchi dalillar keltiriladi.
34. Texnik diktant – texnikaga oid matndagi ayrim so‘zlar, formula yoki biror fikr tushirib qoldirilib, diktovka qilinadi (yoki magnitafonda eshittiriladi). Ta’lim oluvchilar esa, har bir bo‘sh qolgan joyga oid javoblarni o‘zlari topib yozib boradilar. Texnik diktantni barcha fanlardan qo‘llash tavsiya etiladi.
35. Taqriz – bu o‘qilgan matnni ijobiy yoki salbiy nuqtai nazardan baholashdir. Taqriz yozishda quyidagilarga e’tibor berish zarur:
Taqriz – matnni o‘qigan kishining, bu haqdagi shaxsiy fikri bayoni bo‘lishi lozim, matndan ko‘chirib yozish yoki uni qayta ta’riflash qabul qilinmagan;
Taqrizda matn, uni o‘qigan kishi shaxsiy tajribasining qaysi jihatlarida namoyon bo‘lganligini ko‘rsatishi va xolisona bo‘lishi lozim;
Taqriz muallif bilan muloqotga kirishishning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib hisoblanadi.
Taqrizda bir necha baholovchi fikrlar, “bu maqola foydali, chunki menga . . . . . . . . .”, “bu maqola (kitob) menga yoqdi, chunki, . . . . .”, “meni muallif bilan fikrim bir xil (bir xil emas), chunki, . . . . .”. taqriz yozishda quyidagi ketma – ketlikka rioya qilinadi: maqola (kitob) muallifi, nomi, mavzusi, tuzilishi va bayon etilish metodi, ijtimoiy ahamiyati, beg‘araz tanqidiy fikrlar va yakunlovchi xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |