ЎҚитиш методлари


Rotatsiya metodi bilan fikrlarni ko‘rib chiqish


Download 258.5 Kb.
bet36/52
Sana08.01.2022
Hajmi258.5 Kb.
#246620
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
Bog'liq
65 та ЎҚИТИШ МЕТОДЛАРИ lotincha

41. Rotatsiya metodi bilan fikrlarni ko‘rib chiqish.

Bu metod mashg‘ulot mavzuini har bir kichik guruh alohida-alohida muhokama qilib chiqishi va yozganlarini butun guruh tahlil qilib ko‘rishi uchun qo‘llaniladi.

Har bir kichik guruh 30 minut davomida 3 ta topshiriqni muhokama qiladi, keyingi 15 minut davomida esa, muhokama birgalikda o‘tkaziladi.

Auditoriyaga tartib raqamlari bilan belgilangan bir nechta topshiriq osib qo‘yiladi. Har bir kichik guruh (2-3 kishi) 10 minut davomida muhokama qilib, o‘z javobining variantini yozib oladi-da, so‘ngra keyingi topshiriqqa o‘tadi va oxirigacha shunday qilib boradi.



42. Davralar.

Ta’lim oluvchilar davra qurib o‘tirib, taklif etilgan savolni galma-gal izohlab chiqishadi. Har bir ta’lim oluvchi o‘z fikrini bayon qilib, muhokamaga foydali ulush qo‘shish imkoniga ega bo‘ladi, chunki barcha qatnashchilarning fikrini bilish muhim. Lekin qatnashchilar o‘z ixtiyori bilan navbatini o‘tkazib yuboradigan bo‘lsa, bu-tamomila odatdagicha hol. Ba’zan qanday bo‘lmasin biror buyum (asbob, pribor) davra bo‘ylab o‘tkaziladi va uni olgan ta’lim oluvchi o‘z fikrini aytish huquqiga ega bo‘ladi.

Davra bo‘lib ishlashda hamma, jumladan o‘qituvchi ham, teng huquqlidir; hamma bir-birini ko‘rib turishi, vizual aloqani qo‘llab-quvvatlab borishi va shu bilan bir vaqtda so‘zlayotgan kishining gaplarini diqqat bilan tinglashi mumkin. Raundlardan ko‘pgina maqsadlarda, jumladan, baho berish, muammoni hal qilish, ijobiy mustahkamlash, davrani rejalashtirish, o‘tkazish uchun foydalansa bo‘ladi.


Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling