ЎҚитиш методлари


Download 258.5 Kb.
bet40/52
Sana08.01.2022
Hajmi258.5 Kb.
#246620
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
Bog'liq
65 та ЎҚИТИШ МЕТОДЛАРИ lotincha

48. Diskret dinamika metodi.

Bu metod muammoni o‘rganishga sistematik tarzda yondashishga asoslangan. Undan muammoga qaratilgan deb ataluvchi kurslar uchun foydalaniladi, bunday kurslarda maxsus tanlangan ta’lim oluvchilar hay’ati tayinli aniq bir muammoni alohida metodika yordamida tasvirlaydi.



1-bosqichda muammo tarkibiy qismlarga- submuammolarga ajratiladi va mazkur muammoni hal qilishni tasvirlash uchun zarur tarkib aniqlab olinadi.

2-bosqich submuammolar yana maydalashtirilib, vazifalarga ajratiladi.

3-bosqich xususiy seminarlar tashkil etiladi. Tor sohadagi har bir mutaxassislar guruhi uchun alohida auditoriya kerak. Juda bo‘lmaganida tor sohadagi mutaxassislarning 4 guruhini bitta auditoriyaga joylashtirish mumkin.

4-bosqich yondosh seminarlar o‘tkaziladi. Bu bosqich tashkiliy jihatdan hammasidan murakkab hisoblanadi, chunki yrim yondosh vazifalarni hal qilish uchun ta’lim oluvchilar guruhini qayta tuzishga to‘g‘ri keladi.

5-bosqich umumiy (kompleks) vazifalar muhokama qilinadi, ularni hal qilish uchun tegishli maqsadga qartilgan kompleks dastur ishlab chiqiladi.

Bu xildagi mashg‘ulotlar turli fanlar va kafedralar uchun umumiy bo‘lgan muammolar yuzasidan integrallashgan seminarlar yoki amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda bu metodikadan ayniqsa muvaffaqiyatli foydalanish mumkin.




Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling