49. Kosa metodi.
Bu metodning nomi stullari joylashtirish sxemasidan olingan. Kosa ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Yopiq kosa mana bunday o‘tkaziladi: stullar biri ikkinchisining ichida turgan aylana ko‘rinishida qo‘yiladi.
Markazga joylashgan guruh munozarada faol ishtirok etadi, tashqi aylanadagilar esa, statistlardir: markaziy doira ichida o‘tirganlar, ma’lum bir kishini yoki butun jarayonni kuzatib boradilar. Muhokama tugaganidan keyin statistlar fikr almashishadi, shuningdek yo ko‘rib chiqilayotgan masalalar xususida yoki majlis va muhokamada ishtirok etish imkoni cheklangani xususida ushbu muhokamaning ularga nechog‘lik tegishli bo‘lganini izohlab berishadi. O‘qituvchining teskari aloqadan qanday foydalanish va qay tariqa fikr almashinish kerakligini tushuntirib berishi muhim ahamiyatga ega. Mana shu kuzatuvlarni qayd qilib borish oson bo‘lishi uchun tashqi doiradagi guruhning bir a’zosi nazorat ro‘yxatini tuzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |