56. Debat. Bu metodning asosiy maqsadi muammoning yechimini topishda ta’lim oluvchi o‘zgalarni o‘z yondoshuvining to‘g‘riligiga inshontirishdir. O‘z fikrini aniq va mantiqiy bayon etish buning uchun ishonarli dalillar va xulosalar topish ko‘nikmalarini shakllantirishda debatlar o‘tkaziladi. Bu metoddan foydalanib dars o‘tishda mahalliy mutaxassislardan (olim, shifokor, muhandis, ijtimoiy arbob, jurnalist va boshqalar) taklif etiladi.
Debatda qatnashish uchun iqtidorli ta’lim oluvchilar tanlanadi va ular ikki guruhiga ajratiladi: rezolyutsiyani qo‘llash quvvatlaydigan va ularga qarshi chiquvchi ishtirokchilar; ular debatlarni o‘tkazish qoidasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak. Guruh sardori reglamentga rioya qilishni kuzatuvchi – yordamchini tayinlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |