ЎҚитиш методлари


Download 258.5 Kb.
bet48/52
Sana08.01.2022
Hajmi258.5 Kb.
#246620
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
65 та ЎҚИТИШ МЕТОДЛАРИ lotincha

58. “Qarorlar shajarasi” metoddan bir muncha murakkab mavzularni o‘zlashtirishda, ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidagi eng maqbul hamda to‘g‘risini topishga yo‘naltirilgan metodlar.

Bu metod avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror, xulosalar mohiyatini yana bir bor tahlil etish va uni har tomonlama tushunishga xizmat qiladi. Bu metod orqali guruhdagi bir neche uy nafar ta’lim oluvchilarning bilimlari darajasini aniqlash, ularning fikrlarini to‘plash va baholashga yordam beradi.

Bu metod quyidagi shartlar asosida foydalaniladi.

1. O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan avval munozara – bahs, tahlil uchun mavzuga oid biror muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosa – qarorlarni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi.

2. O‘qituvchi guruh ta’lim oluvchilarini 4 yoki 6 nafar qilib guruhchalarga ajratadi, muammoni hal etish va u haqida biror qarorni qabul qilish uchun vaqt belgilaydi.

3. Qarorni qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a’zisi tomonidan bildirilayotgan fikrlarning ma’qul yoki noma’qul darajasi har tomonlama muhokama qilinadi.

4. Berilgan vaqt nihoyasiga yetgach, har bir guruh a’zolari o‘z guruhi qarori to‘g‘risida axborot beradilar zarur hollarda o‘qituvchi rahbarligida.

Barcha o‘qituvchi – ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan xulosa – qarorlarni bir-biri bilan taqqoslaydi, savollar paydo bo‘lsa, javob berib boriladi, noaniq bo‘lgan fikrlarga aniqlik kiritiladi.

59. “Maktab o‘rtoqlik sudi” (Rolli o‘yin). Bu metod yordamida ta’lim oluvchi – ta’lim oluvchilar bilan tarbiyaviy soatlar o‘tkazish vaqtda foydalanish yaxshi natija beradi. Bu metoddan uzluksiz foydalanish maqsadida ommaviy –axborot vositalari, vaqtli matbuot nashrlari sahifalarida berilayotgan, yoshlar va ularning faoliyatlari masalasiga taaluqli bo‘lgan materiallarni o‘rganib, ularni mazmunini rolli jarayonini hosil etish orqali ta’lim oluvchi – ta’lim oluvchilarga namoish qilish usilidan foydalaniladi.

60. “Adolat o‘lkasiga sayohat”. Bumetod rolli o‘yinlardan biri bo‘lib, uning maqsadi-ta’lim oluvchi – ta’lim oluvchilarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish, ularda huquqiy idrok va zehnni shakllantirishdan iboratdir.Ushbu o‘yin bellashuv shaklida uyushtiriladi. Unda ikkita yoki to‘rtta guruh ishtirok etib bir qancha shartlarni bajaradilar.



61. “Tarozi”. Mazkur metod munozarali, murakkab mazmunli mavzularni o‘rganishda qo‘l keladi. u tanqidiy tafakkur, mantiq, ijodiy improvizatsiya, fikran tajribalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. bu texnologiya dalillash qobiliyatini rivojlantirish, o‘z dalillarini yozma va og‘zaki shaklda ishonchli va lo‘nda ifodalashni shakllantiradi, o‘z nuqtai nazarini himoya qiladi, muxoliflarni ishontiradi, munozara madaniyatiga o‘rgatadi.

Asosiy tushunchalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

mavzu turli nuqtai nazarlarning to‘qnashuviga imkoniyat beruvchi hamda ulardan birortasiga ham imtiyoz bermaydigan tasdiqdir. mavzu shunday tanlanishi kerakki, u o‘rganilayotgan mavzuning barcha qirralarini ochishi, o‘quvchilarning axborot qidirish hamda izlanuvchanlik faoliyatlarini rag‘batlantirsin. argument - bu o‘z nuqtai nazarinitasdiqlashga olib keluvchi asosli dalil, g‘oya, mulohazadir. dalillash anik, mantiqiy, asoslangan bo‘lishi, faktlar, sharhlar, mulohazalar, isbotlar, misollar, iqtiboslar, manbalarga, obro‘li guvohnomalarga havolalar va boshqalar bilan quvvatlangan bo‘lishi kerak. kontrargument (qarshi dalillash) - bu raqibning dalillarini rad etish bo‘lib, u dalillashga qo‘yiladigan talablarga mos kelishi kerak. to‘g‘ri tanlangan kontrargument raqibning nuqtai nazarini zaiflashtirishi hamda o‘zining himoya yoki rad etish chizig‘ini mustahkamlashi lozim.


Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling