ЎҚитиш методлари


Download 258.5 Kb.
bet1/52
Sana08.01.2022
Hajmi258.5 Kb.
#246620
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
65 та ЎҚИТИШ МЕТОДЛАРИ lotincha


O‘QITISH METODLARI
1. Motivatsiya metodi.

Mashg‘ulotlar ta’lim oluvchilar bilan qiziqarli, hattoki, darsga taalluqli bo‘lmagan mavzular to‘g‘risidagi suhbat bilan boshlanishi lozim. Iloji bo‘lsa, darsga bog‘liq bo‘lgan mavzular yuzasidan suhbatni boshlash kerak. Masalan, qiziqarli kashfiyot yoki yangilik tanlanishi mumkin. Bularning barchasi birinchi dars mobaynida ta’lim oluvchilarning kayfiyatiga, shu sohaga qiziqishiga yoki keyingi darslarda ta’lim oluvchilar o‘rganadigan faniga e’tiborini qaratishga yordam beradi.

Agar, dars birinchi bor yangi o‘quv guruhida o‘tilayotgan bo‘lsa, o‘qituvchi qisqacha o‘zini tanishtirib o‘tib, ta’lim oluvchilarga ham o‘zlarini tanishtirish imkoniyatini berish kerak. Bu ta’lim oluvchilarda ishonch tug‘diradi, ta’lim oluvchilar o‘zlariga bildirilayotgan hurmatni his qiladilar. Nazariy fan maqsadini bayon etish orkali motivatsiya va muayyan mavzuga kirish amalga oshiriladi. Intrinli (ichki) va ekstrinli (tashqi) motivatsiya uchun sabab va argumentlar topishga harakat qilish lozim. Motivatsiya qilish bilan o‘qish va o‘rganishga bo‘lgan tayyorlik uchun shart-sharoit yaratiladi.

So‘ngra o‘qituvchi ta’lim oluvchilarga fan bo‘yicha yangi o‘quv materialni tushuntiradi, qisqa ma’ruzalar o‘qiydi, munozaralar uyushtiradi, o‘quv suhbatlari, o‘yin – mashg‘ulotlari va muammolarni hal qilish haqida suhbatlar o‘tkazadi. Keyingi darslarda yangi mavzuni boshlashdan avval o‘tilgan mavzular qisqacha, umumlashtirilgan holda qaytarilishi kerak.

Ta’lim oluvchilarga mavzularga mos tarqatma materialar tarqatilishi lozim. Bu o‘quv jarayonini yengillashtiradi. Mavzuga kirilmay turib, tarqatma materiallar tarqatilmaydi. Ularni mavzuga monand ravishda birin ketin tarqatish, ularni o‘qib chiqish uchun yetarli daqiqalar berish va ta’lim oluvchilar e’tiborini axborotga qaratish uchun ovoz chiqarib o‘qitish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ta’lim oluvchilarga tafakkur qilish va qayta ishlash imkoniyatini yaratuvchi topshiriqlar o‘zlashtirilgan bilimlarni faol ravishda qayta ishlab borish uchun zarurdir. Ular bilimlarni qabul qilishning nisbiy passiv fazasidan so‘ng faol faza kelishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Guruhlarda ishlash yoki mustaqil ravishda topshiriqlarni yechish va natijalarni taqdim etish samarali o‘qitish metodlari hisoblanadi.




Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling