ЎҚитиш методлари


Download 258.5 Kb.
bet16/52
Sana08.01.2022
Hajmi258.5 Kb.
#246620
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
Bog'liq
65 та ЎҚИТИШ МЕТОДЛАРИ lotincha

11. Videometod

Videometod – axborotni ko‘proq ko‘rgazmali o‘zlashtirishga asoslangan bo‘lib, unda kineskop, kodoskop, proyektor, kinoapparat, o‘quv televideniyesi, videomagnitafon, axborotni displeyda aks ettiruvchi kompyuterlardan foydalaniladi.

O‘quv jarayonida videometoddan foydalanish, sizning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni unumli yechishingizni ta’minlaydi:



  • yangi bilimlarni bayon etish, ya’ni juda sekin kechadigan jarayonlar bilan tanishish, bevosita kuzatish mumkin bo‘lmagan (o‘simliklar o‘sishi, suyuqlikda diffuziya hodisasi va h.k.), shuningdek, tez sodir bo‘ladigan jarayonlar, bevosita kuzatishlar hodisalarning mohiyatini ochib bera olmagan holda (qayishqoq tanalarning urilishi, moddalarning kristallaanishi va h.k.) qo‘llaniladi;

  • murakkab mexanizmlar va mashinalarning ishlash tamoyillarini dinamikada tushuntirish;

  • turli xil ish faoliyatini bajarish algoritmini tushuntirish;

  • chet tili darslarida o‘ziga xos til muhitini yaratish;

  • videohujjatlarni taqdim etish;

  • mashq qilish ishlarini bajarish, jarayonlarni modellashtirish, kerakli o‘lchamlarni olib borish;

  • o‘quv-mashq va tadqiqot ishlarini olib borish uchun ma’lumotlar bazasini (bankini) yaratish.



12. O‘quv adabiyotlari bilan ishlash


Kitob bilan ishlash metodi ta’lim berish, tarbiyalash, rivojlantirish, asoslash funksiyalar bajarildi. U o‘quv adabiyotlari bilan mustaqil ishlashda topshiriqlar asosan o‘quv mashg‘ulotida sizning rahbarligingiz ostida, yoki uyda, mustaqil ravishda bajarilishi kerak.

Uyda o‘quv adabiyoti bilan ishlash vazifasini ta’lim oluvchilar oldiga qo‘yishdan avval, ular kitob bilan ishlashning quyidagi metodlarini o‘rgatish kerak:



  • uning tuzilishi bilan tanishish

  • ko‘z yugurtirib chiqish

  • alohida boblarni o‘qish

  • savollarga javob qidirish

  • materialni o‘rganish

  • referat yozish

  • qisqacha bayon tuzish

  • vazifa va mashqlarni yechish

  • test sinovlarini bajarish

  • materialni xotirada saqlab qolish.



Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling