17. Pinbord (inglizchadan: pin-mustahkamlash; board-doska)
Bu o‘qitish uslubining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o‘quv suhbati amaliy metod bilan bog‘lanib ketadi. Uning afzallik funksiyalari – rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: ta’lim oluvchilarda muloqat yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi.
18. Individual (yakkama-yakka) metod Individual (yakkama-yakka) metod laboratoriya metodidan shunisi bilan farqlanadiki, unda ko‘pincha, ta’lim oluvchilar faoliyatida olingan bilimlarini amaliy vazifani yechishga qaratadilar. Nazariyani amalga tadbiq qila bilish birinchi o‘ringa chiqadi. Ushbu metod bilimni, mahoratni chuqurlashtirish vazifasini bajaradi, shuningdek, o‘rganish faoliyatini kuchaytirishni ta’minlaydi. Amaliy metod ta’lim oluvchilarnig vazifalarini vijdonlilik bilan bajarishga, mehnat jarayonini puxta tashkil etishga boshqa metodlardan ko‘ra ko‘proq ko‘maklashadi. (ish sifatini sinchiklab tekshirish, xulosalarni tahlil qilish).
Do'stlaringiz bilan baham: |