Sinkveyn tuzish qoidasi:
Birinchi qatorda mavzu (topshiriq) bir so‘z, odatda ot bilan ifodalanadi (kim?, nima?).
Ikkinchi qatorga mavzuga oid ikkita sifat yoziladi (qanday?, qanaqa?).
Uchinchi qatorda mavzu doirasidagi hatti – harakat (funksiyasi – vazifasini anglatuvchi) uchta so‘z (fe’l) bilan ifodalanadi.
To‘rtinchi qatorga mavzuga nisbatan tasavvur (assotsiatsiya)ni anglatuvchi va to‘rtta so‘zdan iborat bo‘lgan fikr (sezgi) yoziladi.
Oxirigi mavzuga mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga o‘xshash bo‘lgan bitta so‘z (sinonim) yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |