24. Klaster – “axborotlarni yozish”. “Klaster” – inglizcha so‘z bo‘lib, g‘uncha, bog‘lam ma’nosini anglatadi. Axborotlar klasterlarga ajratish interfaol pedagogik strategiya bo‘lib, u ko‘p variantli fikrlashni, rag‘batlantirish uchun qo‘llash mumkin. Asosan, u yangi fikrlarni uyg‘otish va muayyan mavzu bo‘yicha ancha fikr yuritishga chorlaydi. Klaster tuzish ketma – ketligi quyidagicha:
sinf yozuv taxtasi o‘rtasiga katta qog‘oz varag‘iga asosiy so‘z yoki gapni yozing;
sizni fikringizcha bu mavzuga tegishli bo‘lgan so‘zlar yoki gaplarni yozing (“aqliy hujum”) o‘tkazing;
tushuncha va g‘oyalar to‘g‘risidagi o‘aro bog‘lanishni o‘rgating.
Eslagan variantlaringizning hammasini yozing.
25. Kubik. Bu metod ko‘rilayotgan masalani turli tomondan, qadamba – qadam, osondan qiyinga tomon yo‘nalishda tasavvur etish imkoniyatini beradi. Kubiuning har bir tomoni muayyan topshiriqni ifodalaydi:
Bu nima? Ko‘rayotgan narsani rangi, o‘lchamlari, shaklini tasavvur eting, eslang va yozma ravishda ta’riflang?
Taqqoslang: u nimaga o‘xshaydi, nimadan farq qiladi?.
Assotsiatsiya. Ta’surotingizni izohlang? U sizni nima to‘g‘risida o‘ylashga majbur qiladi? Xayolingizga nima keladi?.
Tahlil qiling. Bu nimadan va qanday yasalgan?, qanday qismlardan tuzilgan?, nimalardan tashkil topgan?
Qo‘llang. Bu nimaga yaraydi? Uni qayerda qo‘llash mumkin?
“ha” va “yo‘q” larni asoslang. Bunda ishonchli dalillar va asoslovchi fikrlarni ayting.
“Kubik” metodlarini qo‘llash bosqichlari.
Mavzu (tushuncha) e’lon qiladi.
Tinglovchilar (ta’lim oluvchilar) yakka tartibda ishlaydilar. Kubikning har bir tomoni uchun topshiriq berilib, 40 – 60 sekund vaqt ajratiladi
Yakka tartibda ish tugaganidan so‘ng, guruhlarda muhokama qilinadi.
“kubik”ni har bir mikro guruhdan bir vakil taqdimot qiladi.
“Kubik” metodi masala (topshiriq)ga turli tomondan yondashish malakalarini shakllantradi va ta’lim oluvchilarning tahlil, sintez va baholash intellektuallik darajalarida fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |