ЎҚитиш методлари
Download 258.5 Kb.
|
65 та ЎҚИТИШ МЕТОДЛАРИ lotincha
31. Ikki qismli kundalik. Bu interfaol metod ta’lim oluvchilarga o‘qitilayotgan matn mazmunini o‘z tajribalari bilan bog‘lash va o‘zlarining shaxsiy sichikovlikka bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun imkoniyat yaratadi. U ayniqsa, ta’lim oluvchilar matnni darsdan tashqari vaqtda o‘qib – o‘zlashtirishlarida samarali bo‘ladi. Ikki qismli kundalik tuzish uchun, ta’lim oluvchi varaqni o‘rtasidan tikkasiga chizib, ikki qismga bo‘ladi: chap qismiga matnning eng yaqqol taasuroti qoldirilgan satrboshi yoki qismlari yoziladi, o‘ng qismiga esa, nima uchun aynan shu yozilganlar unga ko‘proq ta’sir ko‘rsatganligining sababini yozadi. Bunday sabablar - shaxsiy hayotida bo‘lib o‘tgan ayrim voqea va hodisalarni eslatgani, qalbida qat’iy norozilik uyg‘otgani yoki o‘ziga shunchaki maqsad qilib qo‘ygan va hokozolar bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi o‘qilayotgan matn bo‘yicha nechta yozuv bo‘lishi zarurligini topshiriqni qabul qilayotganida uni e’tiborga olishi zarur.
32. Esse – fransuzcha tajriba, dastlabki loyiha, shaxsning biror mavzuga oid yozma ravishda ifodalangan dastlabki mustaqil erkin fikri. Bunda tinglovchi o‘zining mavzu bo‘yicha ta’surotlari, g‘oyasi va qarashlarini erkin tarzida bayon qiladi. Esse yozishda xayolga kelgan dastlabki fikrini zudlik bilan qog‘ozga tushirish, iloji boricha ruchka (qalam) ni qog‘ozdan uzmasdan – to‘xtamasdan yozish, so‘ngra matnni qayta tahlil qilib, iakomillashtirish tavsiya etiladi. Esseni muayyan mavzu, tayanch tushuncha yoki erkin mavzuga bag‘ishlab yozish tavsiya etiladi. Ba’zan, ayniqsa tarbiyaviy soatlarda ta’lim oluvchilarga o‘zlariga yoqqan mavzu (tushuncha) bo‘yicha esse yozdirish ham yaxshi natija beradi. Download 258.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling