39. Dumaloq stol metodi.
Topshiriq yozib qo‘yilgan qog‘oz varag‘i davra bo‘ylab o‘tkaziladi. Har bir ta’lim oluvchi o‘zining javob variantini yozib qo‘yadi va varaqni boshqa ta’lim oluvchiga uzatadi. Hamma ta’lim oluvchilar o‘z javoblrini yozib qo‘yishadi, keyin muhokama bo‘ladi: noto‘g‘ri javoblar o‘chiriladi, to‘g‘ri javoblarning soniga qarab ta’lim oluvchining bilimlariga baho beriladi. Bu metodni faqat yozma shaklda emas, balki og‘zaki shaklda ham qo‘llanish mumkin.
40. “Ruchka stol o‘rtasida” metodi.
Butun guruhda topshiriq beriladi. Har bir ta’lim oluvchi bitta javob variantini bir varaq qog‘ozga yozib uni qo‘shnisiga beradi, o‘z ruchkasini esa, stolning o‘rtasiga surib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |