47. Guruh dinamikasi metodi.
Bu metod katta tayyorgarlik o‘tkazishni talab qiladi va o‘quv jarayonining barcha bosqichlarida ta’lim oluvchilarning yuqori darajada faol bo‘lishini ko‘zda tutadi. Ta’lim oluvchilar guruhi uchta kichik guruhga bo‘linadi. Bularning har birida yetakchi (hammadan ko‘ra bilimdonroq ta’lim oluvchi), ma’ruzachi (kichik guruhning umumlashtirilgan nuqtai nazarini tayyorlaydi), rassom (ma’ruzada namoyish etiladigan materiallarni tayyorlaydi, hisobchi (kichik guruh fikrlarining umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqadi) tanlanadi va hokazo.
Mashg‘ulotlar uchta kichik guruhda yagona dastur bo‘yicha baravar olib boriladi. Uchchala kichik guruhning yalpi majlisida (seminarida) ulardan har birining fikri tinglanadi va muhokama qilinadi.
O‘qitish muolajasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
butun guruh uchun o‘rtaga vazifa qo‘yish;
kichik guruhlarda ishlash (kunning o‘rtasida);
butun guruhning yalpi majlisi (kun oxirida).
Shu tariqa yondashishda ta’lim oluvchilar bir-biriga bog‘liq vazifalarni kompleks tarzda izchillik bilan hal qilib boradilar. Guruhning umumlashtirilgan fikri plenar seminar natijasida aniq bilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |