50. “Dumalovchi qor uyumi” tamoyili bo‘yicha shug‘ullanish metodi.
Dumalovchi qor uyumi – o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish metodining ramziy nomi bo‘lib, bu mashg‘ulot fikr qilib, mulohaza yuritib ko‘rish uchun ta’lim oluvchilarning har qaysisiga vaqt berishdan boshlanadi. Keyin ikki, to‘rt, sakkiz kishili va shu tariqa butun guruh a’zolari qatnashadigan qilib tuzilgan guruhlarda muhokama boshlanadi. Bu metod guruhning har bir a’zosiga butun guruhning bilimlari va tajribasidan foydalanib turib, o‘z nuqtai nazarini bayon qilish, axborot va izohlardan iborat aralash holdagi boy fikrlarni bildirishga imkon berish maqsadini ko‘zda tutadi. Kichik guruhlar bilan olib boriladigan ish guruhning qanday bo‘lmasin biror a’zosi hammaning diqqatini o‘ziga qaratib, o‘z bilimlariga qamroq ishonadigan ta’lim oluvchilarni ezib qo‘yishi xavfini kamaytiradi. Metodning afzalligi guruh a’zolarining qobiliyatlaridagi tafovutlarni bir qadar osonlik bilan tekislab olish mumkinligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |