ЎҚитиш методлари


Download 258.5 Kb.
bet45/52
Sana08.01.2022
Hajmi258.5 Kb.
#246620
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
Bog'liq
65 та ЎҚИТИШ МЕТОДЛАРИ lotincha

54. “Ajurli arra” ajur fransuzcha “ajour” so‘zidan olingan bo‘lib “bir yoqdan ikkinchi yoqqa o‘tgan, ikki tomoni ochiq” ma’nosini anglatadi. Bu metod tuzilishi jihatidan o‘zida quyidagi bosqichlarni qamrab oladi.

1. Topshiriqni bo‘lish (topshiriq va matinli materiallar bir nechta asosiy qismlarga yoki mavzularga qirqiladi)

2. Birlamchi guruh. Har bir guruh a’zolari qirilgan mavzuni olishadi va ekspertlarga aylanadilar.

3. Ekspert guruhlari. O‘quv topshiriqni olgan ta’lim oluvchilar mavzuni muhoqama qilish va boshqalarga o‘rgatish uchun ekspert guruhga birlashadilar.

4. Birlamchi guruhlar. Ta’lim oluvchilar o‘zlarining birlamchi guruhlariga qaytadilar va ekspert guruhlarga o‘rganganlarini o‘qitishadi.

55.“Menyu” Bu metodda guruh kichik guruhchalarga bo‘linadi va guruhchalarga aniq topshiriq beriladi. Har bir guruh topshiriq olgach uch daqiqa ichida topshiriqni muhokama qilishadi, keyin har bir guruhdan bittadan vakil o‘qituvchi stoli yoniga kelib, oldindan tayyorlab qo‘yilgan “menyu”ni olib joylariga o‘tirishadi. Bu “menyu” da xilma xil topshiriqlar, savollar yozilgan bo‘ladi. Shu tariqa guruhchadagi har bir ta’lim oluvchi kelib “menyu” ni olib unda yozilgan topshiriq vazifalarini bajarishadi. 10 daqiqa davomida topshiriq muhokama qilinadi va javoblar yozma yoki og‘zaki ravishda beriladi, o‘qituvchi guruh ishlarini, sardor faoliyatini baholab boradi.


Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling