Иқтисодиёт назарияси фанининг предмети ва билиш услуби


Download 25.44 Kb.
bet3/10
Sana29.10.2023
Hajmi25.44 Kb.
#1732639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1- MAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI

Fanning predmeti- Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne'matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan iktisodiy munosabatlarni hamda ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganadi.
Iqtisodiy munosabatlar - bu moddiy va ma'naviy ne'matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan turli xil munosabatlardir.

Iqtisodiy jarayonlar: ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, taqsimlash, ayriboshlash, iste'mol va h.k


Iqtisodiy hodisalar: ishsizlik, inqiroz, inflyasiya, bandlik va hokazo.
IQTISODIYoT NAZARIYaSI FANINING MAQSADI:
Cheklangan iqtisodiy rssurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali jamiyatning cheksiz extiyojlarini to‘laroq qondirib borishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat.
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING VAZIFALARI
Amaliy vazifasi- xo‘jalik yuritishning oqilona usullari, asosiy qoidalarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qiladi.
Bashorat qilish vazifasi— jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning istiqbollarini ilmiy asoslab beradi.
Ilmiy bilish vazifasi – iqtisodiy hodisa va jarayon-larning tub mazmunini, ular o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlarni, shakl va mazmun o‘zgarishlarni o‘rganishga qaratiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari
Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirishi, ularning dunyoqarashlari o‘zgarishi vazifasi iqtisodiyotni isloh qilish sohasidagi strategik maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Metodologik asos vazifasi – boshqa iqtisodiy fanlar o‘z predmetini iqtisodiyot nazariyasi asoslab bergan qonun va kategoriyalarga tayangan holda o‘rganadi. Ayni vaqtda bu fan boshqa fanlar chiqargan xulosalarni nazariy jihatdan umumlashtiradi.

Download 25.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling