Иқтисодиёт ва таълим / 2021 №1 108
КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИК
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 йил 1 сон-108-112
КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИК
Иқтисодиёт ва таълим / 2021 № 1 109 Har qanday jamiyat taraqqiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o’zgarishlarning eng muhim omili bo’- lib xizmat qiladi. Ayniqsa o’tish davrida bozor islohotlari turlicha namoyon bo’layotgan mamla- katlar, xususan, MDH davlatlarida bu tendentsiya yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Bunday sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ijtimoiy hayotda qator funksiyalarni bajaradi. Kichik biz- nes va tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish uchun zarur bo’lgan qulay shart-sharoitlar yara- tish – jamiyatda samarali amal qiladigan bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkdorlar sinfi- ni qo’llab-quvvatlash hamda fuqarolik jamiyati- ning yangi, demokratik institutlarini qaror topti- rishning muhim shartidir. Bu muhim vazifa ham- da uni hal qilishning butun murakkabligi har bir mamlakatning o’ziga xosligidan kelib chiqib, ki- chik biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va uni rivojlantirishga noan’anaviy, nostandart yondoshishni taqozo qiladi. Shubhasiz, bunda, ushbu masalaning g’oyat muhim ahamiyat kasb etishini jamiyatning barcha a’zolari anglab yetish- lari, uning davlat tomonidan har tomonlama qo’l- lab-quvvatlanishi, iqtisodiyotning davlat va xusu- siy sektorlari o’rtasida barqaror sheriklik muno- sabatlarini qaror toptirish zarur. Har qanday ja- miyat taraqqiyotida kichik biznes va xususiy tad- birkorlik iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o’zgarish- larning eng muhim omili bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa o’tish davrida bozor islohotlari turlicha namoyon bo’layotgan mamlakatlar, xususan, MDH davlatlarida bu tendentsiya yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Bunday sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ijtimoiy hayotda qator funk- siyalarni bajaradi. Kichik biznes va tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish uchun zarur bo’lgan qulay shart-sharoitlar yaratish – jamiyatda samarali amal qiladigan bozor munosabatlarini shakllanti- rish, mulkdorlar sinfini qo’llab-quvvatlash hamda fuqarolik jamiyatining yangi, demokratik institut- larini qaror toptirishning muhim shartidir. Bu muhim vazifa hamda uni hal qilishning butun murakkabligi har bir mamlakatning o’ziga xosligi- dan kelib chiqib, kichik biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va uni rivojlantirishga no- an’anaviy, nostandart yondoshishni taqozo qiladi. Shubhasiz, bunda, ushbu masalaning g’oyat mu- him ahamiyat kasb etishini jamiyatning barcha a’zolari anglab yetishlari, uning davlat tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi, iqtisodiyot- ning davlat va xususiy sektorlari o’rtasida barqa- ror sheriklik munosabatlarini qaror toptirish zarur. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) - mamlakat- ning iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi. U muay- yan davrda rezident va norezidentlar tomonidan mamlakat hududida yaratilgan pirovard tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatini aks ettiradi. Yalpi ichki mahsulot mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davo- midagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻr- satkich ham hisoblanadi. Mamlakat hududida joy- lashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqa- rilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatla- ridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqti- sodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsif- lash va tahlil etishda foydalaniladi. Oʻzbekiston- ning yalpi ichki mahsuloti Xalqaro valyuta fondi- ning 2019-yildagi maʼlumotlariga koʻra, $60.490 milliardni tashkil etadi. Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida YIM yoki yalpi milliy mahsulot (YMM), hatto yalpi milliy daro- mad (YMD) ham qabul qilinishi mumkin. Masa- lan, AQSH va Yaponiyada YIM emas, balki YMM asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ammo BMTning milliy hisoblar tizimida YIM bir- lamchi iqtisodiy koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladi. Miqdor jihatdan bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi ta- fovut unchalik katta emas: rivojlangan mamlakat- larda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet ellar- da ishlovchi fuqarolardan tushadigan daromadlar salmoqli boʻlgan mamlakatlarda bu tafovut katta- roq boʻlishi mumkin. YAIM hajmining ortishi aholi turmush dara- jasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. • Birinchidan, YAIMning ortishi aholi daro- madlarining ortishiga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘t- gan yili 1 tonna pomidor yetishtirilib, kilosi 1500 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, jami daromad 1,5 million so‘mni tashkil etadi. Bu yil esa xuddi shu yer may- donidan pomidor yetishtirishning zamonaviy tex- nologiyalaridan foydalangan holda 1,5 tonna po- midor yetishtirilib sotilsa, jami daromad 2,25 mil- lion so‘mni (pomidor narxi o‘zgarmagan deb olin- sa) tashkil etadi. • Ikkinchidan, yalpi ichki mahsulot hajmi- ning ortishi natijasida byudjetga kelib tushuvchi soliq tushumlari hajmi ortadi. Bu esa davlat to- monidan aholini ijtimoiy himoya qilish imko- niyatlarini yanada kengaytiradi. • Uchinchidan, YAIM hajmining ortishi nati- jasida yangi ish o‘rinlari yaratiladi va aholining ish bilan bandligi ortadi. • To‘rtinchidan, YAIM hajmining ortishi na- tijasida ichki bozorlar to‘ladi va mahsulotlarning narxi barqarorlashadi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling