12-modda. Idoraviy veterinariya xizmati veterinariya mutaxassislarining
vazifalari.
Idoraviy veterinariya xizmatining veterinariya mutaxassislari, veterinariya
to’g’risidagi qonunlarning bajarilishi ustidan o’z vakolatlari doirasida idoraviy
veterinariya nazoratini amalga oshirishlari;
Xizmat ko’rsatilayetgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda epizootik
kasalliklarga qarshi tadbirlar, davolash va veterinariya-sanitariya tadbirlari
o’tkazishlari;
Hayvonlarda yuqumli kasalliklar borligi xususida shubha paydo bo’lganda
bu haqda davlat veterinariya xizmati idoralariga zudlik bilan xabar qilish va
kasalliklarning tarqalib ketishiga yo’l quymaslik uchun barcha zarur choralarni
ko’rishlari;
Epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar, veterinariya-sanitariya va davolash-
profilaktika tadbirlari o’tkazish hamda veterinariya to’g’risidagi qonunlar
buzilishida aybdor bo’lgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan
mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarga takliflar kiritishlari;
Amalga oshirilgan ishlar haqida davlat veterinariya xizmati oldida
belgilangan tartibda hisobot berib borishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |