Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш
Download 370.03 Kb. Pdf ko'rish
|
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash
6. Menejment asoslari
Menejment bu – inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’ati-da berilgan ta’rifga binoan u: boshqaruv hokimiyati va san’ati; resurslar-ni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik vama’muriy ko’nikmalar tunshuniladi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment bu – boshqaruv, ya’ni resurs- larni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir.
Boshqaruv – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.
Bizning mustaqil Respublikamiz jadal rivojlanayotgan mamlakat bo’lib, uning iqtisodiy salohiyatida qishloq xo’jaligi muhim o’rinni egal-laydi. Bundan bir necha yillar muqaddam mustaqillikning qo’lga kiriti-lishi bozor iqtisodiga o’tish islohotlari, mehnatni tashkil etish hamda agrosanoat majmuida ishlab chiqarishni boshqarish va tashkillashtirishning yangi shakllarining hosil qilinishi dehqon va fermer xo’jalik-lari tarmoqlarining kengayishi rivojlangan ilg’or davlatlarning tajriba-lari bilan yaqindan tanishish va ularning ichidagi eng samarador-larini ishlab chiqarishga joriy etishni talab etadi.
O’zbekiston Respublikami iqtisodiy mustaqillik borasida butun dunyo tajribasi va mamlakatimizning tarixiy rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olib, bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos modelini yaratdi.
Agrosanoat majmuida ishlab chiqarishni boshqarish va tashkillashti-rish jarayonining bosh maqsadi mamlakatimiz aholisini oziq-ovqat mahsu-lotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun mo’l-ko’l qishloq xo’jalik mahsulotlari PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 77 yetishtirish hamda sanoatimizga talab darajasidagi xom-ashyo negizini yaratish eng muhim masala hisoblanadi.
Boshqaruv usullari bu – xodimlarga va umuman, ishlab chiqarish jamo- alariga ta’sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarining faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi.
Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari boshqarish usullari tizimida alohida o’rin tutadi. Bu usullarga: - boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish; - har bir boshqaruv bo’g’inining funksiyalarini belgilash; - kadrlarni to’g’ri tanlash; - buyruqlar, farmoyishlar va qo’llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat qilish; - topshiriqlar va direktiv ko’rsatmalarni bajarmayotgan bo’linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo’llash kiradi. Tashkiliy-ma’muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning bo’ysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ularni ko’pincha ma’muriy usullar deb yuritiladi. Rahbarlarning ishchanlik va ma’naviy-madaniy xislatlarini baholash amaliyoti shuni ko’rsatadiki, bunda birinchi o’rinda e’tiqodlilik, topshirilgan ish uchun shaxsan javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik, kishilarga nisbatan mehribonlik va e’tibor bilan munosabatda bo’lish turadi. Rahbarlik uslubi, belgisi va bo’ysinuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin: 1. Avtokratik rahbarlar.
Download 370.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling