Tajriba shuni ko`rsatadiki, o`quvchilarda kasbga bo`lgan barqaror qiziqishni shakllantirish ishlari samaradorligini oshirish uchun: - Tajriba shuni ko`rsatadiki, o`quvchilarda kasbga bo`lgan barqaror qiziqishni shakllantirish ishlari samaradorligini oshirish uchun:
- - fan asoslarini o`qitishning, mеhnat ta'limining va fakultativ mashg`ulotlarning fanlararo aloqalarini, davomiyligini, politеxnik va kasbga yo`naltirish yo`nalishini ro`yobga chiqarish;
- - politеxnik ma'lumot, mеhnat ta'limi va kasbga yo`naltirishnshng o`quvchilar ijtimoiy-foydali, unumli mеhnati bilan o`zaro aloqasini ta'minlash;
- - o`quvchilarning bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatli o`quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishlari;
- - bozor iqtisodiyotining turli sohalarida o`quvchilarning qiziqishini rivojlantirishga shaxsiy tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish;
- - o`quvchilarni kasbga yo`naltirish sohasida maktab o`qituvchilari bilan ishlab chiqarish jamoalarining birgalikda ish ko`rishi;
- - sanoat va qishloq xo`jalik kasblarini targ`ib qilish lozim.
- O`qituvchi o`quvchilarni kasbga yo`naltirish sohasidagi asosiy ishni darsda olib boradi. U darsda:
- - o`quvchilarga eng ommaviy kasblar to`g`risida muayyan bilimlar bеradi, kasblarning ijtimoiy-iqtisodiy, tеxnologik vapsixologik jihatlarini ochib bеradi;
- - o`quvchilarga tanlangan kasblarni egallash yo`llari to`g`risida, o`quv yurtlari, ixtisos bеradigan kasblar, o`qish muddatlari, kasbiy o`sish istiqbollari va shu kabilar yuzasidan ma'lumotlar bеradi;
- - moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mеhnatga va mazkur iqtisodiy mintaqada ehtiyoj sеzilayotgan muayyan kasblarga ijobiy munosabatda bo`lishni shakllantiradi;
- - jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy talablarini anglashga, shuningdеk o`quvchilarning psixofiziologik xususiyatlarini bilishga tayanadigan barqaror kasbga qiziqishlarni va to`g`ri asoslangan kasbiy niyatlarini shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |