Ituzumdoshlar oilasi. Mavzu: Ituzumdoshlar oilasi. Darsning texnologik xaritasi


Bingo” o`yini o`qituvchi variant.Savollar


Download 0.61 Mb.
bet6/6
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#191202
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ituzumdoshlar oilasi

Bingo” o`yini o`qituvchi variant.Savollar. “Bingo”o`yini.O`qituvchi variant.

1.Burchoqdoshlar ildizida qanday bakteriyalar yashaydi?

2.Burchoqdoshlarga kiruvchi qaysi o`simlik haqida “boshi olovda , oyog`I esa suvda “degan naql yuradi.

3.Yeryong`oqning vatani qayer?

4.O`zbekistonda burchoqdoshlarning qancha turi o`sadi?

5.Burchoqdoshlar oilasiga mansub qancha o`simliklar “Qizil kitob”ga kiritilgan?

6.Manzarali o`simlik Yapon Safarosining ikkinchi nomi.


4

1

2




3

6







5

III.Yangi mavzuni tushuntirish.

Ituzumdoshlar oilasi yer yuzining mo`tadil va Tropik mintaqalarida tarqalgan.

Yer yuzida 80 turkumga mansub, 3000 tur, O`zbekistonda 11 turkumga mansub, 36 tur o`sadi.

Ko`pchiligi bir yillik va ko`p yillik o`tlar.

Ildizi o`q ildiz tizimi. Poyasi tik, yonboshlab o`suvchi, yoki yotib o`suvchi , ba’zan yer osti novdalar hosil qiladi.Gullari to`g`ri, ba’zilarida qiyshiq

Gul formulasi:Gk (5) Gt(5) Ch5 U 1

Mevasi rezavor meva yoki ko`sakcha

Qora ituzum bir yillik begona o`t.Bo`yi 25-50 sm. Poyasi sershox.Barglari oddiy, tuxumsimon. Mevalari “C” darmondoriga boy.O`zbekistonda 10 tur o`simlik kiradi.





Rasmlar asosida ushbu oilaga kiruvchi sabzavotlarning inglizcha nomlarini ham takrorlab o`tishadi.
IV. Nazorat topshirig`i-“Mos javobni toping”

1.

Yer yuzida tarqalgan

A

nikotin

2.

Ildiz tizimi

B

Begona o`t

3.

Qora ituzum

D

36 tur

4.

Madaniy turlar

E

“qizil kitob”ga kiritilgan

5.

Tamaki tarkibida mavjud

F

Mingdevona , bangidevona

6.

Oloy xiyoli

K

3000 tur

7.

Zaharli begona o`tlar

L

O`q ildiz

8.

O`zbekistonda tarqalgan

M

Kartoshka baqlajon

Javoblar:1-K 2-L 3-B 4-M 5-A 6-E 7-F 8-D

IV-Nazorat topshirig`i:”Xatoni toping”

(Mavzuga moslab ertak to`qilgan .O`quvchilarga ertak o`qib eshittiriladi.ertakni orasida xato ma’lumotlar bor.Guruh a’zolari ana shu xato fikrlarniqayd etib borishadi.Ertak g`oyasi o`quvchilarni kekkayish, birovlarni mensimaslikni qoralashga qaratilgan bo`lib, bu topshiriq asosida birdaniga milliy va umummilliy kompetensiya ham shakllantirilib ketiladi)

Qadim zamondami , yo hozirgi zamonda bir ituzum bo`lgan ekan Aslini so`rasangiz u ikki yillik o`t bo`lib , tanasi yo`g`on yog`ochlashgan ekan.Gullari yirik, lola guliday ekan. Bir kuni u juda zerikib qon-qardoshlarini topishga qaror qilibdi.Qanday topadi –deysizmi? U hamma ma’lumotni onasidan so`rab olgan ekan.

O`zining ituzumdoshlar oilasiga kirishi, bu oilaga o`zidan tashqari bir necha madaniy va yovvoyi turlar kirishini bilib olgan ekanda. Shunday qilib bizning ituzum yo`lida davom etibdi. U bir polizda kartoshka, baqlajon, sabzi va piyozlarni ko`rib qolibdi. U bu sabzavotlar qarindoshlari ekanini bilgani uchun ularni uyiga mehmonga chaqiribdi.Ular birgalikda yo`llarida davom etishibdi. Ariq yonida o`sib yotgan mingdevona va bangidevonani ko`rib ituzum ijirg`anibdi.Bularning badbo`yliginiii-yaxshiyam bular bizning oilaga tegishli emas, -deya konglidan o`tkazibdi.Sal naridagi ekinzorda pomidor, garmdori va qulupnaylar o`sib yotgan ekan. Ularni ham bizning ituzumjon jon deb uyiga taklif qilibdi. Chunki ular qarindoshlarida.Ularga hafasi kelgan dala chetidagi chilim tamakisi va moxorka tamakisi ham mehmondorchilikka borishni xoxlashibdi.

Lekin bizning ituzumjon unamabdi.

-Oyimga faqat ituzumdoshlar oilasiga mansub o`simliklarni yig`ib kelaman deb so`z bergandim.Shuning uchun sizlarni olib borolmayman. O`zimni qarindoshlarim yetarli deb kekkayibdi ituzum. Ituzum uyiga borib hamma sarguzashtlarini onasiga aytib beribdi.Onasi uning gaplarini eshitib koyibdi.aytingchi bolalar , uning onasi nega koyidi???

V.Dars yakuni.

1.Guruhlarni rag`bat va jarima kartochkalarini sanash . Va qaysi guruh g`olib bo`lganini aniqlash.

2. Yaxshi qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.

3. Baholarni e’lon qilish.

4. Uyga vazifa berish: Mavzuni o`qib o`rganib kelish, savollarga javob topib kelish.Qo`shimcha manbalardan foydalanib mavzuga doir ma’lumotlar topib kelish.




Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Biologiya (Botanika) -6 sinf darslik

2.Akbar Bahromov. 4-sinf “Tabiatshunoslik” darsligi. “Sharq “ nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi.

3.M.M.Abdulxo`jayeva. “Biologiya”.Toshkent. “Kitoboogkniga”.nashriyoti.2014.

4.”Maktabda biologiya” jurnali . 2015 yil, 8- son.

5 .”Maktabda biologiya” jurnali . 2016 yil, 10- son.



6.Telegramm ijtimoiy tarmog`idagi “Ziyokor”, “O`qituvchi”, “Ziyolilar”, “ma’rifat” “Nambiolog” ta’lim kanallari.
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling