Iv bob. Buzmasdan nazorat qilish (bnq) turlari, uni standartlash va metrologik ta’minlash


Vizual – optik va o‘lchab nazorat qilish


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana11.03.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1259501
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-laboratoriya

4.3. Vizual – optik va o‘lchab nazorat qilish
Jihozlarning berilgan geometrik shaklidan og‘ishadigan nuq-
sonlarni vizual nazorat qilishda turli o‘lchov asboblari va vizual-
optik asboblardan foydalaniladi. Kichik bo‘lgan nuqsonlarni 
o‘lchash uchun mashinasozlikda qo‘llaniladigan standart o‘lchov 
asboblaridan foydalaniladi: lineyka – chizg‘ich, o‘ramli lineyka 
(ruletka), shtangelsirkul chuqurlik o‘lchagich, simli tolalar, mu-
vozanat o‘lchagichlari, shablonlar va hokazo. 
Kichik nuqsonlarni o‘lchash RD 03-606-03 «O‘lchov va vizual 
nazorat qo‘llanmasi» ga mos ravishda amalga oshiriladi. Metall 
konstruksiyalari nuqsonlarining deyarli 95% payvandlangan yer-
larini tashkil etishini hisobga olsak, bunda standart instrument-
lardan tashqari boshqa maxsus asboblarni ham ishlatish ko‘zda 
tutiladi, masalan, payvandlovchining universal shabloni UShS-3, 
tayanchli shtangelsirkuli SHTS-1 va boshqalari. Sanab o‘tilgan 
asboblar bilan o‘lchashning aniqligi o‘rtacha olganda o‘lchov 
shkalasining yarmi qiymatini tashkil etadi.
Optik vositalar bilan vizual nazorat qilishni, shuningdek, vizual-
optik nazorat ham deyiladi. Optik vositalardan foydalanish inson-
ning tabiiy ko‘rish imkoniyatlarini amalda kengaytiradi: o‘ta aniq-
likda o‘lchashni amalga oshiradi, juda mayda nuqsonlarni topishda 
qo‘l keladi, inson kira olmaydigan joylarda yopiq konstruksiyalarda 
nazorat qilish imkonini beradi. Bunda ruxsat etilgan qobiliyatni 
oshi rilishiga bog‘liq ravishda bu holat 1–5 mkm gacha yetadi.
Vizual-optik nazorati asboblari uchta guruhga bo‘linadi:
– yaqin joylashgan obyektlarni nazorat qilish uchun (lupalar, 
mikroskoplar);


23
– uzoq masofada joylashgan obyektlarni nazorat qilish uchun 
(ko‘rish optik quvurchalar, binokllar, teleskoplar);
– yopiq obyektlarni nazorat qilish uchun (endoskoplar).
Lupalar yaqin joylashgan obyektlarni 2x–20x marotaba katta-
lashtirib nazorat qilish uchun ishlatiladi. Kattalashtirish qanchalik 
yuqori bo‘lsa shuncha fokus masofasi va oraliq masofasi kam 
bo‘ladi.
Shuning uchun kuzatuv lupalari deganda ularning kattalashti-
rishi 2x–4x bo‘lganlari tushuniladi.
Biron-bir moslamani taqib olmagan ko‘z bilan ko‘rib 
bo‘lmaydigan elementlarni ko‘rishda qo‘llaniladigan mikroskop 
ko‘p linzali murakkab qurilma hisoblanadi. Mikroskop optik xos-
salari boshqariladigan bo‘lib, 2000x kattalikkacha tiniq sifatli tas-
virlarni ko‘rish imkonini beradi. Juda kattalashtiradigan mik-
roskop 
lar qoidaga asosan statsionar hisoblanadi. Vizual-optik 
diagnostikalash maqsadida nazorat qilish uchun nazorat qilinadi-
gan obyektning o‘ziga o‘rnatiladigan olib yurishga mo‘ljallangan 
mikroskoplardan foydalaniladi. Ularning kattalashtirishi asosan 
100x dan oshmaydi va gabarit o‘lchamlari va massasi statsionar 
mikroskoplarnikidan birmuncha kamdir.
Kattalashtirishi bilan birga ishlatilish sohasini ko‘rsatuvchi 
mikroskoplarning asosiy parametrlari quyidagilardir: kuzatish 
maydonining kattaligi; mikroskopning ishchi masofasi (obyektdan 
predmetgacha); okulyar mikroskop shkalasining bo‘lish qiymati 
oralig‘i (
≈0,01…0,005 mm); ta’minlanganligi va yoritish quvvati; 
asbobning gabariti va massasi.
Ichki sirtlarni nazorat qilish va sirt oraliqlaridagi qiyin aniqla-
nadigan nuqsonlarni topishda sanoat endoskoplari qo‘llaniladi. 
Neft va gaz sanoati sohalarida quyidagi sanoat endoskopik tizim-
laridan foydalaniladi: qo‘zg‘almas endoskoplar (boroskoplar), egi-
luvchan optik tolali endoskoplar, videoendoskoplar. 
Ular obyektlarni yoritish uchun quyidagi yorug‘lik manbalari-
dan (yoritish blokidan): optik sistemani uzatkichdan, asbobni ku-
zatuv maydoni o‘lchami va yo‘nalishini o‘zgartiruvchi nasad-
kadan, foto yoki videokamerada vizual kuzatish uchun okulyarli 
obyektivdan, nasadkani boshqaruvchi va obyektivni fokuslovchi 
mexanizmdan tarkib topgan bo‘ladi.


24
Konstruksiyasiga asosan qotirilgan endoskoplar linzali kon-
struksiyaga ega bo‘lib, uning mos keluvchi uzunlikdagi ichki 
to‘g‘ri quvurchasida optik uzatuvchi sistema ulangan. Qattiq en-
doskoplarning ishchi uzunligi 1500 m gacha va ishchi qismining 
diametri mos ravishda 1,7; 2; 2,7; 4; 6; 8, 10 mm larni tashkil eta-
di. Bunday endoskoplar ham havo muhitida va ham neft mahsu-
lotlari, gidravlik suyuqliklar, ko‘pchilik sanoat erituvchilari va suv 
muhitida ishga yaroqlidir. Qotirib qo‘yiladigan endoskoplarning 
asosiy kamchiliklari bu ularning katta o‘lchamliligi hamda ichki 
egri-bugri sirtlarni nazorat qilish noqulayligidir. 
Optik tolali endoskoplarning kuzatish maydonini kengaytirish 
uchun iloji boricha artikullash maqsadida ikki yoki to‘rtta tekis-
likda ularni qo‘shpo‘latli chekka bilan (qo‘shpo‘latli chekka qis-
mini egilgan joyini) jihozlanadi, buning natijasida ishning murak-
kablashishida kuzatish yo‘nalishini turli burchaklarga o‘zgartirish 
mumkin bo‘ladi. Misol tariqasida 4.3.1-rasmda optik tolali en-
doskopning umumiy ko‘rinishi va juft po‘latli chekkaning artiku-
latsiyasining to‘rt tomonli sxemasi keltirilgan.
a
b

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling