Iv ma’ruza. Quduqlarni favvoraviy usulda ishlatish jihozlari reja


Download 383.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi383.03 Kb.
#1251730
1   2   3   4
4.3. Favvora quduq usti jihozlari 
 
Berkitish (ochish-yopish) qurilmalariga qulfaklar va kranlar mansub bo’lib, 
armatura va manifoldlarning kanallarini bekitishda va ochishda xizmat qiladi. 
Rostlovchi qurilmalarga almashtiriladigan shtutserlar va jo’mraklar o’rnatiladi, ular 
qatlam suyuqligini va gazning sarfini drossellab o’zgartirish uchun xizmat qiladi. 
Favvora armaturasining yoki manifoldning sxemalariga bog’liq archadagi va 
quvurning boshchasidagi berkitish qurilmalarining soni 10-12 ta, manifoldda esa 15-
20 qulfak yoki jo’mraklarni tashkil qilishi mumkin. 
Gzlift va haydovchi quduqlarning armaturasida bir xil bo’lgan berkitish 
qurilmalaridan foydalaniladi. 
Berkitish qurilmasi jihozlariga favvora armaturasida qo’llaniladigan qulfaklar 
va jo’mraklar kiradi, umuman neft va gaz qazib olinadigan hamma texnologik 
jarayonlarda va operatsiyalarda, quduqlarni burg’ilashda esa ularning ko’rinishi 
o’zgartirilib qo’llaniladi. Ular ko’pincha otilmaga qarshi jihozlarda, burg’ilash 
nasoslarining manifoldida, qatlamni gidravlik yorish jihozlarida, kislotali ishlov 
berishda 
va 
hamma 
yuvuvchi 
agregatlarda, 
neftgaz 
konlarining 
kommunikatsiyalarida va yig’ish inshootlarida, qatlamlarni ajratishda, qatlam 
suyuqligini, neft va gazni tashishda, qatlamga suv va gazni haydashda qo’llaniladi. 
Bunday berkitish qurilmalarining katta qismi neft va gazni dastlabki qayta 
ishlash va ularni tashish jihozlarida qo’llaniladi. 
Eng murakkab sharoitlarda berkitish qurilmalarini ishlatishga favvora 
quduqlarining favvora armaturasidan foydalanish kiradi.
Boshqa jihozlar kabi favvora armaturasining bekitish qurilmasi ham qatlam 
suyuqliklari, gazi yoki kondensatlari bilan doimiy kontaktda bo’lganligi uchun 
yuqori bosim ta’sirida (70-100 MPa gacha) bo’ladi, o’zi orqali bir necha minglab 
tonna qatlam suyuqligini yoki millionlab metr kub gazni o’tkazadi, ularning 
tarkibida emiruvchi muhitli (H
2
S va CO
2
), abraziv, kuchli minerallashgan suvlar 
mavjuddir. Ba’zida qatlam suyuqligining harorati 200
0
C gacha yetadi. Xuddi 
shunday sharoitda rostlovchi vositalar va shtutserlar ishlatiladi. Favvora 
armaturalarining manifoldida ham xuddi shunday sharoitlarda berkitish qurilmalari 
ishlatiladi. 
Bunday muhim sharoitlarda bekitish qurilmalarini ishlatish uning 
konstruktsiyasi va tayyorlashga qoyiladigan talablardan kelib chiqib aniqlanadi: 
kerakli bosimni saqlab turish xususiyati va bunda berkitishning germetikligini 
ta’minlash, suyuqlik yoki gazning oqim bosimini minimal yo’qotib o’tkazish, 
emiruvchi muhitda va abrazivlikda o’zining ishlash xususiyatini saqlash, yuqori va 
past haroratlarda tezkor boshqarilishi, minimal metall sig’imdorlikka ega bo’lishdir. 
Debitni va bosimni keng oraliqda, suyuqlik va gazning kimyoviy tarkibini, 
haroratning qator xarakterli hususiyati, berkitish qurilmasini qo’llashni maqsadga 


muvofiq ekanligini va har xil bosimlarda, sarflarda, kimyoviy nasoslarni haroratga 
takomillashtirilgan holda bajarilishga olib keldi. 
Berkitish qurilmalari muhim murakkab sharoitlarda ishlatilganda ishonchligi 
nisbatan yuqori bo’lganligi uchun uzoq muddat xizmat qilishiga qaramasdan ularni 
almashtirishga to’g’ri keladi. 
Shuning uchun faqat bekitish qurilmasi emas balkim favvora armaturasining 
o’zi ham ishdan chiqib qolishini va butun armaturani ish qobiliyatini saqlash, 
rezervlash yo’li bilan yoki bosim ostida ishlayotgan quduqda berkitish qurilmalarini 
almashtirish talablaridan kelib chiqib tayrlanadi. 
Asosiy berkitish va rostlovchi qurilmalarning tartibli sxemalari zichlashtirish 
usullaridan farqlanadi (4.1-rasm). 
Ponali qulfakning zichlanish samarasi pona-shiberning qulfak kanalining 
uyasiga qisilib tirkalish kuchining hisobiga ta’minlanadi. Bu turdagi qulfaklarda bir 
qator jiddiy kamchiliklar mavjud: suyuqlik va gazni oqimini to’g’ri oqmasligi, 
buralma oqimning paydo bo’lishi, shiber ochiq holda bo’lganda suyuqlik yoki 
gazning oqimida yuvilib ketish davri va uyalar paydo bo’lishi kam uchraydi. 
Qulfakning kamchiligi – pona sirti – uyadagi kontaktning germetikligini ta’minlash 
murakkab, tayorlash ham ta’mirlash ham qiyin bo’lganligi uchun uni ishlab 
chiqarish keskin qisqargan, lekin talab juda yuqori. 
Qulfaklardan tashqari yopish-ochish qurilmalari sifatida har xil formali 
tiqinga ega bo’lgan kranlardan ham foydalaniladi, silindrsimon, sharsimon, 
konussimon. Kran suyuqlik yoki gazning to’g’ri oqimli yo’nalishini ta’minlaydi. 
Rostlovchi qurilmalar sifatida jo’mraklar va vtulkali almashtiriladigan 
shtutserlar ham qo’llaniladi. Ko’pincha jo’mraklarning boshqariladigan 
shtutserlaridan foydalanilganda favvora armaturasida kanalning kesimi yuzasini bir 
tekisda o’zgartirish mumkin bo’ladi va pog’onasiz boshqarish ta’minlanadi. Vtulkali 
almashtiriladigan shtutserlar pog’onali rostlashga hisoblangan bo’ladi, bu jarayonni 
amalga oshirishda har xil diametrdagi kanalli drossellarning detallari to’plamidan 
foydalaniladi. 
4.1-rasm. To’g’ri oqimli tekis shiberli 
qulfakning qurilmasi. 
1-korpus; 2- kirishdagi uya (egar); 3-
shpindel; 4-qopqoq;
4.2-rasm. Berkitish qurilmasining 
majburiy maydalanadigan tekis shiberli 
qulfaki. 
1-korpus; 2-lunj; 3-shpindel;
4-teskari klapan; 5-vtulka;


5-haydovchi klapan; 6-maxovik; 7-
rostlovchi vint; 8-yurishli gayka; 9-
podshipniklarni qopqog’i; 10-manjetlar;
11-likopli prujinka; 
12-chiqishdagi uya (egar);
13-shiber. 
6-maxovik; 7-vint; 8-gayka;
9-podshipnik korpusi;
10-maydon; 11-podshipnik;
12-zichlama; 13-qopqoq; 
14-kichik; 15-ariqcha; 16-vtulka; 
17-kontrshpindel. 
To’g’ri oqimli tekis shiberli qulfakning shartli o’tish teshigining diametri 65 
mm bo’ladi, 21 MPa ishchi bosimga hioblangan. Qulfakning asosiy detallariga 
qoyidagilar kiradi: qopqoqli (4) po’lat korpus (1), shiber (13) va uyadan tashkil 
topgan. Kirishda (2) va chiqishda (13) tirkaluvchi likopchali prujinalar (11) 
o’rnatilgan. Qulfak uchun bunday turdagi konstruktsiya namunaviy bo’ladi hamda 
katta sarf va bosimga hisoblangan. Qulfakning massasi 80-100 kg. Bekitish 
germetikligini amalga oshirish uyani (12) halqali zichlamalar bilan qo’zg’alishi 
hisobiga erishiladi, yon sirt yuzalari va ular bilan kontaklashuvchi shiberning yuzasi 
ham yuqori sifatda tayyorlangan. Germetikligini va korroziyaga chidamligini 
oshirish uchun qulfakning korpusi yog’ bilan to’ldiriladi (3.2). 
Murakkab turdagi to’g’ri oqimli tekis shiberli qulfakning konstruktsiyasi 70 
MPa ishchi bosimga hisoblangan, zichlanish tizimi oldingidan farq qiladi. 
Qulfakning korpusida ikkita yo’naltiruvchi sig’imli, maxsus surkov 
(yog’lash) va kanalli lunj o’rnatilgan, u surkovlarni zichlanuvchi yuzalarga uzatadi. 
Shiber ikkita plashkadan tashkil topgan bo’lib, bir nechta prujinalarga tirkaladi. 
Plashkada ariqchalar mavjud, unga shpindelning va kontrshpindelning boshchasi 
joylashtirilgan. Zichlovchi yuzalarga ishchi muhitning bosimi ostida surkov 
(moylash) uzatiladi, u zatvorning germetikligini yaxshilaydi. Moylash 
surkovlarning zaxirasi teskari klapanlar orqali to’ldiriladi. 
Qulfaklarni boshqarishni va teleboshqaruvni ta’minlashda ular gidro 
uzatmalar yoki havo uzatmalari bilan jihozlanadi. Havo uzatmali qulfakning shartli 
o’tish teshigining diametri 50 mm bo’ladi, 70 MPa ishchi bosimga hisoblanadi. Bu 
turdagi qulfakning konstruktsiyasi oldingilardan shpindelni qo’zg’atishdagi va 
uzatmali gidraklik yoki havoli silindrlarning mavjudligi hamda qurilmaning 
bajarilishi bilan farq qiladi. 
Konussimon tiqinli teshik kranda zichlamalarning germetikligi korpusning va 
tiqinning olib tayyorlanishi, ularning oralig’idagi tirqish o’lchamlarini hamda 
maxsus moylar bilan kran korpusini to’ldirishdir. 

Download 383.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling