Iv. Mustaqil ta‟im va mustaqil ishlar Mustaqil ta‟lim uchun tavsiya etiladigan mavzular


Download 35.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi35.5 Kb.
#219110
Bog'liq
Mustaqil ishlar


IV. Mustaqil ta‟im va mustaqil ishlar Mustaqil ta‟lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

1. O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida o`zbek tilini Davlat tili sifatida o`qitish masalalari bo`yicha ma‟lumot to`plash..

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora – tadbirlari to`g`risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo`yicha tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari bayon etilgan maqolalari bilan tanishish.

3. O`zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi. “XXI asr fizikasi” mavzusida ijodiy matn yaratish.

4. O`zbek tili leksikasining boyish manbalari. Fizikaga xos o`z va o`zlashgan so`zlar tasnifi.

5. O`zbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lug`atlar bilan tanishish. O`zbek tilining izohli lug`atida berilgan sohaga oid so`zlar izohi bilan tanishish.

6. Fizikaga oid terminlar bo`yicha nostandart testlar tuzish..

7. Fizikaning dolzarb masalalariga bag`ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash. Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit so`zlar tahlili.

8. Soha olimlarining ilmiy asarlari bilan tanishish, shu asar asosida reproduktiv testlar tuzish.

9. Badiiy nutq uslubi. O`zbek she‟riyati. “Bir she‟r tarixi” mavzusida esse yozish. 10. Badiiy asar tahlili (ixtiyoriy). O`qilgan badiiy asarni “Idrok xaritasi” innovatsion texnologiyasi asosida tahlil qilish.

11. So`zlashuv nutq uslubi. Nuqiy kompetentlikka rioya qilish. Sohaga oid ilmiy mavzuning og`zaki taqdimoti.

12. Publitsistik nutq uslubi. Publitsistik maqolalar bilan tanishish va tahlil qilish. “Men tanlagan soha va OAV” mavzusida esse yozish.

13. “Fizika fanlari universiteti” dan video reportaj tayyorlash.

14. Fizikaning dolzarb masalalariga bag`ishlangan ilmiy-amaliy anjuman materiallari bilan tanishish.

15. Sohaga oid ilmiy maqolalardan biriga taqriz yozish.

16. Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy mavzuda tezis tayyorlash.

17. Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy maqolaga rezyume tayyorlash.

18. Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy asarga annotatsiya tayyorlash.

19. “O`zbekistonning fizik olimlari dunyo nigohida” mavzusida rasmli ko`rgazmali vosita tayyorlash va taqdim qilish.

20. “Mutaxassis va davlat tili” mavzusini “Nima uchun?” grafik organayzeri asosida ochib berish.

21. “Mutaxassisilik tarixidan” mavzusini Klaster usulida yoritib berish.

22. Sohaga oid hujjatlar bilan tanishish.

23. Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash. (rezyume, ariza, tavsifnoma, ma‟lumotnoma)

24. Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash. (bildirishnoma, hisobot, xizmat yozishmalari)

25. Mavzuga oid tadqiqot va uni olib borish jarayonlari.

26. Sohaning innovatsion yangiliklari haqida taqdimot tayyorlash.

27. Dastlabki ilmiy tadqiqot yozishda til imkoniyatlaridan to`g`ri foydalanish.

28. Ilmiy tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar bilan tanishish, ma‟lumotlar to`plash.



29. Bibliografiyani shakllantirish mezonlari bilan tanishish.

30. Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va himoyaga tayyorlash. Himoya nutqi.
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling