Mil. avv. VII asrda tashkil topgan Qadimiy Baqtriya davlati O‘rta Osiyo hududidagi qadimgi avlatlardan biri sanaladi. Marg‘iyona va So‘g‘d Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta’sirida bo‘lgan.
Mazkur davrda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vohalarida gadimgi shaharlar rivojlangan. Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo‘rg‘on va Afrosiyob o‘rnida Baqtriya va So‘g‘dning markaziy shaharlari joylashgan. Bu qadimgi shaharlarning yoshi 2700 yildan kam emas. Yana bir qadimiy davlat Xorazm hududida tashkil topgan. Bu davlat Xorazmdan tashqarida bo‘lgan yerlarni ham birlashtirgan.
Qadimgi Xorazm vohasi markazlaridan biri Ko‘zaliqir qal‘asi edi. U qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Vohaning aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Qadimgi
Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlangan. Mahalliy kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik buyumlarining dovrug‘i o‘zga yurtlarga ham tarqalgan edi. Xorazmliklar mohir quruvchi va hunarmand bo‘lganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |